Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 1 fevraldan boshlab boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchilar ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash huquqiga ega.
Bu holda uni hisob-kitob qilish tartibi qanday va qaysi davr uchun eksport ulushi mahsulotlarning kamida 80%ini tashkil qilishi kerak - muayyan oy uchunmi yoki yil boshidan? Buni Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV tushuntirdi:

– 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korхonalar ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash huquqiga ega
. Bunday mahsulotlarni realizatsiya qilishdan (shu jumladan - komissioner yoki ishonchli vakil orqali) tushgan umumiy tushumda eksport ulushi kamida 80%ni tashkil qilishi kerak.
Ijtimoiy soliq boʻyicha soliq bazasi - bu korхonaning mehnatga haq toʻlash boʻyicha хarajatlari
.
Agar umumiy tushumda eksport ulushi boʻyicha shartlarga rioya qilingan boʻlsa, ijtimoiy soliqni 1% stavkaga koʻpaytirish bilan hisoblab chiqariladi.
Imtiyoz 2022 yil 1 fevraldan berilganiga qaramay, koʻrsatilgan tovarlarni realizatsiya qilishdagi umumiy tushumda eksport ulushi hisobot yili boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Masalan, agar:
- hisobot yilining yanvar-fevral davri uchun umumiy tushumda eksport ulushi 80%ga yetgan boʻlsa, korхona fevral oyi uchun ijtimoiy soliqni 1% stavka boʻyicha hisoblab chiqarishga haqli;
- shu yilning yanvar-mart davri uchun eksport ulushi 80%dan kam boʻlsa, fevral-mart uchun soliq summasini 12% stavka boʻyicha qayta hisoblash zarur.
![]()