Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Ishlab chiqarishdagi AVning amortizatsiyasini qachon mahsulot tannarxiga kiritmaslik mumkin
«Kichik korxona (tikuvchilik ishlab chiqarishi) yangi yuqori unumli tikuv mashinalarini xarid qildi. Balansda eskilari qoldi. Ular yaxshi ish holatida, AVlar tarkibida hisobga olinishda davom etmoqda, lekin ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayapti. Balki kelgusida yana foydalanilar. Ular boʻyicha amortizatsiya hisoblanmoqda (2010-schyot). Bu toʻqimachilik mahsulotlari tannarxini oshirmoqda va zararga olib kelmoqda.
Xususiy korxonada bunday AVni konservatsiya qilish uchun chetdan konsalting, auditorlik va boshqa tashkilotlarni taklif qilish shartmi? Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra ishlab chiqarishdagi AV boʻyicha amortizatsiya hisoblashni boshqa usul bilan toʻxtatish mumkinmi? Ishlab chiqarishdagi AVning amortizatsiyasini qaysi hollarda tannarxga kiritmaslik mumkin?»
Kichik korxona buxgalterining savollariga «Javob beramiz!» ma’lumot xizmati ekspertlari javob berdi.
E’tibor bering
«Javob beramiz!» ma’lumot xizmatidan foydalanish – siz uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi mutaxassislari, shuningdek «Norma»ning soliq solish va buxgalteriya hisobi boʻyicha ekspertlaridan asosli javoblar olish imkoniyatidir.
Sharti – bizning axborot mahsulotlarimizdan birining foydalanuvchisi boʻlish.
Buxgalter Pro ma’lumot-ekspert tizimi, bonuslar va xizmatlar haqida bepul maslahat oling.
Asosiy vositalarni konservatsiya qilishga qaror qilsangiz
– AVni konservatsiya qilish tartibi Foydalanilmayotgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish ob’yektlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan. Texnik darajasi zamonaviy talablarga javob bermasa yoki 3 oy davomida ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishni rejalashtirmasangiz, asosiy vositalarni konservatsiya qilishingiz mumkin. Bu holda ulardan foydalanish qayta tiklanishiga yoki yangi mulkdorga sotilishiga qadar, lekin 24 oydan koʻp boʻlmagan muddatga konservatsiya qilish mumkin
.
Xususiy korxonalarda asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida qarorni mulk egalari – ta’sischilar qabul qiladi
.
Konservatsiya toʻgʻrisidagi farmoyish (buyruq) asosida siz bir oylik muddatda quyidagilarni tuzishingiz kerak
:
- konservatsiya toʻgʻrisida dalolatnoma, unda konservatsiya sanasidagi asosiy vositalarning boshlangʻich va qoldiq qiymatlarini albatta koʻrsatish kerak. Dalolatnomaga konservatsiya qilinishi lozim boʻlgan asosiy vositalar roʻyxatini ilova qiling. Dalolatnoma va roʻyxatlar mustaqil auditorlik tashkiloti bilan birgalikda tuziladi;
- konservatsiya qilingan asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan ishlar va xarajatlar roʻyxati. Roʻyxat loyiha va konsalting tashkiloti bilan birgalikda tuziladi.
Chetdan jalb qilinadigan qanday tashkilotlarni taklif qilishni konservatsiya qilinayotgan asosiy vositalar turiga qarab oʻzingiz hal qilasiz. Tikuv mashinalari boʻlsa, faqat auditorlik tashkilotini jalb qilish yetarli deb hisoblaymiz. Konservatsiya qilingan asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan ishlar va xarajatlar roʻyxatini tuzish vazifasini sizning mutaxassislaringiz – muhandislar, mexaniklar, qoʻriqlash xizmati bajara oladi.
Oʻzbekiston buxgalterlari uchun foydali hujjat namunalari:
Hisobning yangi qoidalari boʻyicha ishlashga tayyormisiz?
✔️ eski va yangi normalarni tezda taqqoslash uchun qulay oʻzgarishlar jadvalini yaratishdi.
Foydalanilmayotgan AV boʻyicha amortizatsiya hisoblash toʻgʻrisida
AVning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi. Ikki holat bundan mustasno
:
- amortizatsiya qilinadigan aktivlar Oʻzbekiston qonunchiligida belgilangan tartibga rioya qilingan holda konservatsiyaga oʻtkazilganda. Amortizatsiya ajratmalari konservatsiya davrida toʻxtatib qoʻyiladi;
- amortizatsiya qilinadigan aktivlar soliq toʻlovchining qaroriga koʻra 12 oydan ortiq muddatga rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilishga qoʻyilganda. Majburiy shart – soliq toʻlovchi koʻrsatilgan davrda bu aktivlardan oʻz faoliyatida foydalanmasligi kerak.
Agar foydalanilmayotgan uskunalarni konservatsiya qilmasangiz, amortizatsiya hisoblanishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish usuli bilan.
Soliq solish maqsadlari uchun SK 306-moddada belgilangan normalardan past normalar boʻyicha amortizatsiya hisoblashga yoʻl qoʻyiladi
. Agar foydalanilmayotgan tikuv mashinalarini konservatsiya qilmaslikka qaror qilsangiz, toʻxtab turish davrida eskirmasligini hisobga olgan holda hisobot yiliga pasaytirilgan amortizatsiya normalarini belgilashni tavsiya qilamiz.
Bu amortizatsiya normalarini korxonaning soliq hisobi siyosatida albatta mustahkamlab qoʻying.
Konservatsiya qilingan asosiy vositalarning amortizatsiyasini tayyor mahsulot tannarxiga qanday kiritmaslik mumkin
Ishlab chiqarish asosiy vositalarining amortizatsiyasi tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi
. Biroq umumiy qoidaga koʻra mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi bilan bogʻliq xarajatlar kiritiladi
.
Eski tikuv mashinalarida ishlab chiqarish jarayoni toʻxtatilgani bois, ular boʻyicha amortizatsiyani 9430-hisobga – ishlab chiqarish jarayoni toʻxtatilgan davrda ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarini saqlash va xizmat koʻrsatish xarajatlari sifatida hisobdan chiqarish mumkin
.
Amortizatsiyani hisoblash boʻyicha foydali koʻrsatmalarni quyidagi tavsiyalarda topasiz:
E’tibor bering
Buxgalter uchun barcha narsa: bepul maslahatlar, yangiliklar, mansabdorlarning javoblari va dolzarb mavzular tahlili – har kuni bizning Telegram-kanalimizda! Obuna boʻling!
![]()