Kafolat muddati davrida ehtiyot qismlarni bepul almashtirishda QQS yuzaga keladimi

preview

Tashkilot uskunalarni sotadi. Xaridor bilan tuzilgan shartnomaga binoan servis xizmati koʻrsatish boʻyicha bir yillik kafolat muddati nazarda tutilgan. Shu jumladan - ehtiyot qismlarni bepul almashtirish e’tiborga olingan. Bunday operatsiyaga QQS solinadimi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:

 

– Kafolatga doir majburiyatlarni bajargan holda yetkazib beruvchi ehtiyot qismlarni bepul almashtiradi. Tovarni bepul berish - bu QQSni hisoblab chiqarish maqsadida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma . Shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar bundan mustasno hisoblanadi.

Tovarlarni toʻlovsiz berish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb e’tirof etiladi :

     1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida tovar berilgan boʻlsa;

     2) bepul berish tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;

     3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.

Kafolat boʻyicha ehtiyot qismlarni bepul almashtirishda ikkinchi va uchinchi shartlar bajariladi . Binobarin, mazkur holda u QQS solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi.

QQS yuzaga kelmasligi bois, EHFni rasmiylashtirish shart emas. Uning oʻrniga bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) dalolatnomasini rasmiylashtiring. Uning asosida almashtirilgan ehtiyot qismlar qiymatini xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga kiriting yoki kafolatli xizmat koʻrsatish va ta’mirlash yuzasidan zaxira hisobiga hisobdan chiqaring. Foyda soligʻi hisob-kitobida zaxirani shakllantirish uchun chegiriladigan xarajatlarni aniqlash tartibi SKning 316-moddasida belgilangan.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182117_kafolat_muddati_davrida_ehtiet_qismlarni_bepul_almashtirishda_qqs_yuzaga_keladimi