9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Tashkilot - qurilayotgan yangi korxonaning yagona ta’sischisi. Yaqin vaqtda korxona ishga tushiriladi. Ta’sischi qachon “Shoʻ’ba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar” 0620-balans schyotini yopishi mumkin boʻladi? Buni qanday toʻgʻri amalga oshirish mumkin?”.
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana GOLOSOVA javob berdi:
– Tashkilot - yagona ta’sischi uchun yangi korxona shoʻ’ba korxonasi boʻladi
.
Shoʻ’ba korxonasiga investitsiyalarni shakllantirish boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari ular qay tarzda kiritilishiga bogʻliq:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
|
|
Investitsiya pul bilan kiritiladi |
||
|
Ta’sischi haqiqatda ob’yekt qurilishida oʻzi ishtirok etadi, materiallar, asbob-uskunalar va hokazolarni kiritadi. Bu holda investitsiyalar realizatsiya qilishdan olingan daromadlar schyotlari orqali aks ettiriladi. Tegishincha, QQS toʻlovchilar ularga QQS soladilar |
||
|
Topshirilgan TMB va xizmatlarga (ishlarga) hisoblangan QQS |
||
“Shoʻ’ba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar” 0620-buxgalteriya schyotini siz yopishingiz kerak emas va yopa olmaysiz ham. Bu schyot faqat investitsiyalar chiqib ketgan taqdirda yopiladi. Masalan - shoʻ’ba korxonasi ustav kapitalidagi ulush realizatsiya qilinganda yoki u bepul oʻtkazilganda. Yoxud shoʻ’ba korxona tugatilgan taqdirda.
Investitsiyalarni sizning hisob siyosatida aks ettirilgan hisobga olish usulingizga bogʻliq holda qayta baholash mumkin
.
Shoʻ’ba korxonasiga investitsiyalarni hisobga olish bosh jamiyatning moliyaviy hisobotida ikkita usul orqali aks ettiriladi - ulushbay ishtiroki usuli yoki qiymat usuli
. Tanlangan usul korxona-ta’sischining hisob siyosatida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ulushbay ishtiroki usuli
Agar asosiy korxona shoʻ’ba korxonasiga jiddiy ta’sir koʻrsatsa va nazorat qilsa, ushbu usulni qoʻllashni tavsiya qilamiz.
Ulushbay ishtiroki usulida:
- sizning investitsiyalaringizning joriy qiymati shoʻ’ba korxonasi xoʻjalik faoliyatining natijalariga bogʻliq holda oʻzgaradi. Agar u foyda olsa, investitsiyalar qiymati oshadi, zarar koʻrgan taqdirda - kamayadi;
- olingan dividendlar daromad sifatida hisoblanmaydi, balki investitsiyalar qiymatining kamayishi sifatida aks ettiriladi.
Agar siz ulushbay ishtiroki usulidan foydalansangiz, investitsiyalar qiymatining oʻzgarishini - shoʻ’ba korxonasining moliyaviy natijasiga bogʻliq holda har bir hisobot davrining oxirida aks ettiring.
Qiymat usuli
Bu usulda investitsiyalar qiymati shoʻ’ba korxonasining moliyaviy holatiga bogʻliq holda oʻzgarmaydi, olinadigan dividendlar esa ta’sischining daromadi sifatida hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi. Qonun hujjatlarida MHXSga oʻtishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno
.
Agar siz hisobni xalqaro standartlar boʻyicha yuritsangiz, hisobga olish qoidalari va talablar - xuddi shunday. Investitsiyalarni hisobga olish schyoti raqami esa unchalik muhim emas. MHXS boʻyicha hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasini oʻzingiz ishlab chiqasiz va ularga muvofiq hisob yuritasiz.
![]()