9 oyni xatolarsiz yopamiz:
QQS toʻlovchi boʻlgan komitent vositachiga transport xarajatlarini qoplab beradi. Buni buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettirishni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi:
– Komitent vositachiga vositachilik topshirigʻini bajarishda qilingan xarajatlarni qoplashi shart
:
- tovarni sotuvchidan komitentning omborigacha yetkazish boʻyicha transport xarajatlari;
- yukni ortish, tushirish, qoʻriqlash xarajatlari;
- bojxona toʻlovlari, kursdagi farq boʻyicha xarajatlar, agar komitentning buyurtmasiga asosan tovar chet eldan import kontrakti boʻyicha xarid qilinsa;
- topshiriqni bajarish munosabati bilan bevosita yuzaga keladigan boshqa xarajatlar.
Komitent tovarlarni vositachida saqlash xarajatlarini qoplamaydi, agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa
.
Qoplanadigan xarajatlar:
1) vositachida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilmaydi, balki komitentda xarajatlar sifatida hisobga olinadi;
2) vositachining hisobotida va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatiladi;
3) vositachining hisobvaraq-fakturasida uning vositachilik haqi summasiga koʻrsatilmaydi.
Komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan xarajatlarning qoplanishida vositachi (ishonchli vakil) “Qoplash uchun” belgisi bilan maxsus EHF taqdim etadi, bunda:
- “Vositachi” belgisini qoʻyadi;
- komitent toʻgʻrisida ma’lumotlarni va qoplash turi boʻyicha IFUTni koʻrsatadi.
Oʻtkazmalar
Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz. Vositachilik shartnomasi va vositachining hisobotiga asosan QQS toʻlovchisi boʻlgan komitent uning tovarini realizatsiya qilish bilan bogʻliq 575 ming soʻm miqdorida transport xarajatlarini qoplaydi. Shu jumladan QQS - 75 ming soʻm.
Xarajatlar QQSsiz - 500 ming soʻm (575 – 75).
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Komitentda buxgalteriya hisobi: |
|||
|
Vositachining hisoboti va uning qoplash uchun taqdim etgan EHFga asosan qoplanadigan xarajatlar aks ettirildi |
500 |
||
|
Qoplash uchun taqdim etilgan EHFga asosan qoplanadigan xarajatlar boʻyicha QQS aks ettirildi |
75 |
||
|
Vositachiga xarajatlar qoplab berildi |
575 |
||
|
Vositachida buxgalteriya hisobi: |
|||
|
Transport kompaniyasining EHFga asosan qoplanadigan xarajatlar aks ettirildi. Transport kompaniyasining EHFda QQS mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, u vositachida aks ettirilmaydi |
575 |
4890 |
6990 |
|
Transport kompaniyasi oldidagi qarz soʻndirildi |
575 |
6990 |
|
|
Komitent tomonidan xarajatlar qoplab berildi |
575 |
4890 |
|
![]()