USB-tokenga yozilgan elektron raqamli imzoga oʻtish zarurmi

preview

DBQ saytida TIF ishtirokchisi shaxsiy kabinetiga va my.soliq.uz da soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish chogʻida identifikatsiya tizimi USB-tokenga yozilgan ERIsidan foydalanishni taklif qiladi. Ushbu texnologiya “ancha xavfsiz” texnologiya sifatida taklif qilinadi. Haqiqatan shundaymi, odatiy “fleshkadagi ERIsi”dan voz kechish zarurmi?

 

2022 yil yanvar oyidan boshlab “Yangi texnologiyalar” IAM yangi texnologiyani joriy etmoqda: elektron raqamli imzo maxsus qurilma - USB-tokenga yoziladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi Zamira USMANOVA fleshkadagi ERIsi USB-tokendagidan nima bilan farq qilishini tushuntirib berdi:

 Fleshkadagi yoki boshqa elektron tashuvchidagi ERIsi

USB-tokendagi ERIsi

ERIsi sertifikatini e-imzo da masofadan turib olish mumkin

Sertifikat faqat Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib olinadi

Sertifikat har qanday elektron axborot tashuvchiga yoziladi

Sertifikat USB-tokenga yoziladi

Sertifikatdan cheklanmagan miqdorda nusxa olish, cheklanmagan miqdordagi kompyuterlar va elektron axborot tashuvchilarda saqlash mumkin

ERIsi sertifikati har doim faqat yozilgan USB-tokenda saqlanib qoladi. Undan nusxa olish va qayergadir qayta yozishning imkoni yoʻq

ERIsi bilan ikkita usul yordamida ishlash mumkin:

1) elektron tashuvchini kompyuterga ulagan holda;

2) sertifikat va kalitni kompyuterning xotirasiga - “DKEYS” jildiga yozib olgan holda

ERIsi bilan faqat bitta usul yordamida ishlash mumkin:

1) USB-tokenni kompyuterga ulagan holda (USB-port orqali)

 

 USB-tokenda ERIsidan foydalanish uchun kompyuterga E-IMZO-v4.15 modulini oʻrnatish zarur (e-imzo.uz saytidan yuklab olinadi).

Qolgan barchasi bir xilda tuzilgan va bir xil ishlaydi.

E’tibor bering
Tadbirkorlarni USB-tokenga oʻtishga hech kim majburlamaydi. Ilgarigidek ishlashda davom etish yoki ancha himoyalangan variantga oʻtish mumkin.

 

Nima uchun oʻtish kerak

ERIsi odatdagi texnologiyasining eng asosiy kamchiligi raqamli imzo uchinchi shaxslarning qoʻliga oson oʻtib qolishi mumkinligidan iborat. Bu esa qoidaga koʻra, ERIsi yopiq kaliti egasining ishonuvchanligi tufayli sodir boʻladi. U oʻzining ERIsini xodimlarga xizmat vazifalarini bajarish uchun ishonib topshiradi, yopiq kalit va sertifikat bunda cheklanmagan miqdordagi elektron axborot tashuvchilarga yozib olinadi. Keyin hammasi qoʻliga ERIsi tushgan har bir shaxsning yaxshi (yoki uncha yaxshi boʻlmagan) niyatiga bogʻliq boʻladi.

USB-tokendagi ERIsi - ishonchliroq. Undan foydalanish uchun qoʻlingizda USB-tokenning oʻzi boʻlishi kerak. U esa bitta va faqat sizda - ERIsining egasida boʻladi.

Nazariy jihatdan olganda, siz USB-tokenni topshirishingiz mumkin. Biroq, odatdagi texnologiyadan farqli oʻlaroq, siz quyidagi ikkita narsani bilasiz:

  • ayni paytda ERIsidan aniq kim foydalanayotganini;
  • tokenni qaytarib olgandan keyin undan faqat siz foydalanishingiz mumkin.

 

Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda 5 yildan buyon USB-tokendagi ERIsidan axborotning yuqori darajada himoyalanganligi va uning saqlanishi uchun javobgarlik talab qilinadigan davlat hokimiyati organlari, bank tizimi, sudlar va boshqa tashkilotlar hamda axborot tizimlari foydalanib kelmoqda.

 

Amaliyotda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar:

1. Yuridik shaxsning ERIsi bilan bir necha nafar xodim ishlaydi. Har biriga yangi ERIsi olish zarurmi?

– Yuridik shaxsning ERIsini ishlash uchun zarur boʻlgan har bir xodimning nomiga olish mumkin.

Salbiy jihati: qoʻshimcha xarajatlar. Ijobiy jihati: ERIsidan yomon niyatda foydalanish xavfi kamayadi.

2. Nima uchun hozir USB-tokenni xarid qilish qiyin?

– Tadbirkorlar bu masalada murakkabliklardan shikoyat qilishmoqda (topish qiyin, tokenlar faqat naqd pulga sotiladi va hokazo).

Zarur konfiguratsiyadagi va “Yangi texnologiyalar” IAM ERIsi sertifikati uchun applet yozilgan USB-tokenlar - bu Oʻzbekiston bozori uchun yangi tovar. Ofis texnikasi, kanselyariya tovarlari va hokazo sotiladigan har qanday doʻkonda ham uni sotib olishning imkoniyati yoʻq. Vaqt oʻtishi bilan vaziyat barqarorlashadi.

Oleg GAYeVOY

 

ERI: soliq hisobi — maslahatlar ERI ERI (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182355_usb-tokenga_ezilgan_elektron_raqamli_imzoga_utish_zarurmi