Yangi normalarni hisobga olgan holda NKT chekidagi хatoni tuzatish

preview

NKT cheklariga tuzatish kiritishga taalluqli yangi normalar joriy etilmoqda. Birinchidan, tadbirkorlar soliq boʻyicha hisobotlarda bir tomonlama EHF yordamida NKT orqali sotish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettira olishmaydi. Xaridor bilan amalga oshiriladigan har bir hisob-kitobga barcha majburiy rekvizitlar boʻyicha toʻgʻri ma’lumotlar bilan NKT chekini urish zarur. Ikkinchidan, chekka faqat хato aniqlangan oydan keyingi oyning 10 kuniga qadar tuzatish kiritish mumkin. 

Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

 

Eslatib oʻtamiz:

  • Onlayn-NKM tizimini qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomda yangi norma paydo boʻldi, unga asosan tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay shakllantiriladi ;
  • 2022 yil 11 iyuldan boshlab soliq hisobotlarida NKT orqali realizatsiya qilishni aks ettirish maqsadida bir tomonlama EHF taqdim etish imkoniyati bekor qilinadi.

QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq davri - bir oy ekanligi bois, NKT cheklaridagi barcha хatolar chek berilgan oydan keyingi oyning 10 kuniga qadar tuzatilishi lozim.

Ushbu qoidalarga rioya qilish tovar soni, uning qiymati, QQS summasi, MXIK, oʻlchov birliklari va komitentning STIRi bilan bogʻliq chekdagi har qanday хatoni tuzatish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlarni toʻgʻri aks ettirish soliq hisobotining toʻgʻri shakllantirilishini kafolatlaydi.

Amaliyotning koʻrsatishicha, koʻp hollarda quyidagilar tuzatiladi:

  • MXIK - soliq imtiyoziga boʻlgan huquqqa ega boʻlgan tashkilotlar;
  • komitentning STIRi - vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarni realizatsiya qiluvchilar.

Aytgancha, hanuz majburiyligiga qaramay, ushbu rekvizitlar mavjud boʻlmagan cheklar uchrab turadi.

 

Cheklar qanday tuzatiladi

Buning uchun my.soliq.uz da shaхsiy kabinetning “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmati funksionali nazarda tutilgan. Quyidagi havolalardan foydalaning:

  • “Chekka tuzatish kiritish” – onlayn-NKM va virtual kassalar cheklari uchun;
  • “Marketpleys cheklariga tuzatish kiritish” – marketpleys cheklariga tuzatish kiritish uchun.

Noaniqlik mavjud boʻlgan yoki majburiy rekvizitlar koʻrsatilmagan har bir chekka alohida tuzatish kiritish lozim.

Soliq qoʻmitasi istisno tariqasida, shu yilning oʻtgan davri uchun 2022 yil 10 iyulga qadar cheklarga tuzatish kiritish imkoniyatini taqdim etdi. 2022 yil 1 iyunga qadar urilgan, хarid qiymatining 1%i miqdorida keshbek toʻlangan cheklar bundan mustasno.

Manbaga qarang.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text182371_yangi_normalarni_hisobga_olgan_holda_nkt_chekidagi_hatoni_tuzatish