JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida “kasallik varaqasi”ni aks ettirish

preview

“Kasallik varaqalari boʻyicha xarajatlarni korxona SKning 371-moddasiga havola bergan holda ilgari JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 1-ilova “Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari”da aks ettirgan. Hozir hisobotda imtiyozga havola mavjud emas. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari boʻyicha hisoblangan summalar qanday va qayerda aks ettiriladi? Buning uchun Hisob-kitobga 1-ilovaning 0201-satri - “Ish beruvchining xodimga mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash tarzidagi Soliq kodeksida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari”dan foydalanish mumkinmi?”. 

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

 

– Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari boʻyicha toʻlovlar – bu mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar emas, balki jismoniy shaxslarning boshqa daromadlaridir . Tegishincha, ularga ijtimoiy soliq solinmaydi - faqat JShDS va ShJBPHga majburiy badallar solinadi .

Shu tariqa, korxona ijtimoiy soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirish uchun “kasallik varaqalari”ni xato tarzda JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 011-satrida, shuningdek Hisob-kitobga 1-ilovada koʻrsatgan. Hisob-kitobni ushbu qismida notoʻgʻri toʻldirilgan butun davr uchun qayta topshirishni tavsiya qilamiz.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari boʻyicha toʻlovlarni bundan keyin faqat 012-satrda “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar (Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375 (dividend va foizlardan tashqari), 376 va 377-moddalari) (Hisob-kitobga 6-ilovaning 5-ustuni)” va xodimlar boʻyicha yoyilmada - Hisob-kitobga 6-ilovada koʻrsating.

Eslatib oʻtamiz
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi “dekret puli” deb ham ataladi. Ushbu toʻlovlar xodimaning jami daromadiga qoʻshilmaydi . Tegishincha, homiladorlik va tugʻish nafaqasi summasi JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilmaydi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182432_jshds_va_ijtimoiy_soliq_hisob-kitobida_kasallik_varaqasini_aks_ettirish