Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 iyul
• 2022 yilning III choragi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishning SOʻNGGI KUNI* (SK 340-m. 8-q., 11-q.)
E’tibor bering!
Ma’lumotnoma kelgusi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar, ya’ni:
• III chorak uchun – 13 iyuldan kechiktirmay (SK 5-m. 8-q.) (11 va 12 iyul – Qurbon хayiti bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari);
• IV chorak uchun – 10 oktyabrdan kechiktirmay taqdim etiladi (SK 5-m. 8-q.)
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2022 yil iyul oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2022 yilning III choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (SK 432-m. 1-q.)
• 2022 yil iyul oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (SK 460-m. 5-q.).
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi