Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 iyul
• mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yil iyul oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI*. Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.);
• 2022 yil iyun oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (SK 292-293-m.)
• 2022 yil iyun oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI* (SK 133-m. 12-q.)
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi