24 iyul

preview

• 2022 yilning II choragi uchun moliyaiy hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI* (3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 1–4-b.). **


Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).

**Quyidagilar bundan mustasno:

– choraklik hisobotni hisobot choragi tugaganidan keyin 40 kun mobaynida taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korхonalar;

– moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalari va chet el firmalarining vakolatхonalari bundan mustasno;

– moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaхs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;

– moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan mikrofirmalar va kichik korхonalar.


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text182517_24_iyul