Binoni rekonstruksiya qilishdagi TMB qanday hisobga olinadi

preview

Koʻpincha korxonalar asosiy vosita sifatida foydalanish uchun bino sotib olishadi, biroq bundan oldin uni toʻliq yoki qisman rekonstruksiya qilishadi. Rekonstruksiya ayrim elementlarni (deraza, eshik, profnastil) almashtirish kabi, binoning ancha qismini demontaj qilish va qayta qurishni ham nazarda tutishi mumkin.

Rejalashtirilgan rekonstruksiya koʻlamiga bogʻliq holda sotib olishda binoni va demontaj qilish natijasida boʻshaydigan moddiy boyliklarni qanday kirim qilishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana GOLOSOVA tushuntirdi: 

 

1. Agar bino rekonstruksiyadan keyin foydalanishga kiritish maqsadida sotib olingan boʻlsa

– Bu holda uni asosiy vositalar schyotiga kirim qilmaslik lozim. Uning qiymatini va uni rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha xarajatlar-daromadlarni 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida hisobga oling.

Ishni boshlashdan oldin tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslardan iborat komissiya tuziladi.

Komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalarning yuqori turuvchi tashkilot yoki korxona mol-mulki mulkdori tomonidan tasdiqlangan qurilish (kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish) rejasiga muvofiq kelishini tekshiradi. Komissiya:

    1) rekonstruksiya va demontaj qilish natijasida olingan TMBdan keyinchalik foydalanish imkoniyatini aniqlaydi;

    2) keyinchalik foydalanishga yaroqli boʻlgan materiallarning olib qoʻyilishini nazorat qiladi;

    3) ularning soni (vazni)ni aniqlaydi, baholaydi, ularning omborga joylashtirilishini nazorat qiladi.

Qismlarga boʻlingan va demontaj qilingan binoning keyinchalik foydalanishga yaroqli boʻlgan barcha detallari va materiallari foydalanish mumkin boʻlgan narx boʻyicha tegishli schyotlar boʻyicha kirim qilinadi. U ham komissiya tomonidan aniqlanadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi xom ashyo (temir-tersak, qiyqindi yoki oʻtin) sifatida kirim qilinadi. Ular korxonaning xohishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlatilishi mumkin.

Ish natijalari boʻyicha komissiya asosiy vositalarni tugatish toʻgʻrisida dalolatnoma (AV-4-son shakl) tuzadi , u komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Tugatish toʻgʻrisida dalolatnoma 2 nusxada tuziladi, birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’yektlarining saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy boyliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish va sotish uchun asos boʻladi.

Ushbu dalolatnoma asosida AVni tugatish bilan bogʻliq xarajatlar va ularni tugatishdan moddiy boyliklarning kelib tushishi toʻgʻrisida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi . Mazkur ma’lumotnoma kirim orderi sifatida foydalaniladi, materiallar omborga topshiriladi.

Binoning ayrim konstruksiyalarini demontaj qilishda olingan materiallarni baholash uchun inventar baholash usulini qoʻllash mumkin. Odatda u inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) materiallarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday aktivlarning tannarxi aniqlash sanasida joriy narxidan kelib chiqib aniqlanadi. Joriy qiymat – bu ma’lum bir sanada amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha TMZning qiymati .

Shuningdek, ushbu aktivlarni xolis baholash imkonini beradigan boshqa usulni tanlash mumkin.

Binoning rekonstruksiya qilinayotgan qismini qoʻshimcha qurish xarajatlari 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida jamlanadi. Kirim qilingan TMZ boʻyicha daromadlar rekonstruksiya xarajatlari summasini kamaytiradi:

  • Dt 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”;
  • Kt 0810 “Tugallanmagan qurilish”.

 

2. Agar mavjud bino rekonstruksiya qilinsa

Rekonstruksiya davrida uni foydalanishdan 0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar” schyotiga chiqarish maqsadga muvofiq boʻladi.

Bu:

    1) rekonstruksiyadan keyin bino qiymatini toʻgʻri baholash;

    2) ushbu davrda amortizatsiya hisoblamaslik imkonini beradi .

 

3. Agar bino toʻliq buzilsa va qaytadan qurilsa

Agar siz asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan binoni toʻliq buzib, uning oʻrnida yangisini qursangiz, buxgalteriya oʻtkazmalari bunday boʻladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Binoning chiqib ketishi - tugatilishi aks ettirildi

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”

Tugatilayotgan binoning hisoblangan eskirishini hisobdan chiqarish

0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

Tugatilayotgan binoni qoʻshimcha baholash summasini hisobdan chiqarish (8510-schyoti boʻyicha saldo)

8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

Tugatish boʻyicha xarajatlar summasi aks ettiriladi

 

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

Hisobga oluvchi schyotlar:

  • materiallarni (1010–1090);
  • mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni  (6700);
  • sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni  (6500);
  • boshqa tegishli schyotlar

Binoni tugatish chogʻida materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa aktivlarnig kelib tushishi

1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

Binoni tugatish chogʻida zararni aks ettirish

9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

Binoni tugatish chogʻida foydani aks ettirish

9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”

9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”

Binoni rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar aks ettirildi

0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar”

Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar  (1010–1090),  

6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”

Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, bino foydalanishga kiritildi

0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”

0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar”

 

 

Asosiy vositalar — maslahatlar Asosiy vositalar Asosiy vositalar — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182569_binoni_rekonstrukciya_qilishdagi_tmb_qanday_hisobga_olinadi