Soliq hisobotida QQS qaytarilishini aks ettirish zarurmi

preview

“Korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga byudjetdan QQSni qaytarish uchun berilgan arizaga asosan pul mablagʻlari kelib tushdi. Bu qanday buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi? Soliqning qaytarilgan summasi qanday soliq hisobotlarida aks ettiriladi? 

Savolga “Javob beramiz!” ma’lumot xizmati ekspertlari javob berishdi:

 

– QQS solinadigan aylanma uchun foydalaniladigan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilgan holda korxona kiruvchi QQSni 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida aks ettiradi.

Agar SKning 272-moddasi 1-qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi salbiy boʻlsa, soliq toʻlovchi SKning 274-moddasida belgilangan tartibda uning oʻrnini qoplash huquqiga ega .

Sizning QQSni qaytarish uchun arizangizga asosan pullar bankdagi hisobvaraqqa kelib tushganda siz quyidagi oʻtkazmani amalga oshirasiz:

  • Dt 5110 “Hisob-kitob schyoti”;
  • Kt 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)”.

Qaytarilgan soliq summasi soliq hisobotida aks ettirilmaydi.

E’tibor bering

“Javob beramiz!” ma’lumot xizmati – bu “Norma” ekspertlari hamda Moliya vazirligi va DSQ mutaxassislarining soliq solish va buxgalteriya hisobi boʻyicha javoblarini olishning ajoyib imkoniyati.

Siz havola boʻyicha oʻz savollaringizni berishingiz mumkin. Sharti - siz “Norma” axborot mahsulotlaridan birining (“Soliq va bojxona xabarlari”, “Norma maslahatchi” gazetalari, Buxgalter Pro, “Norma. Qonunchilik”, “Norma. Amaliy buxgalteriya” va boshqalar) foydalanuvchisi (obunachisi) boʻlishingiz kerak.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182650_soliq_hisobotida_qqs_qaytarilishini_aks_ettirish_zarurmi