OʻRQ-783: maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga yangi imtiyozlar

preview

Soliq kodeksiga maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

 

SKning 473-moddasi yangi ikkinchi qism bilan toʻldirildi (ilgarigi 2 va 3-qismlar raqamlarini bir pozitsiya pastga siljituvchi). Tuzatishga binoan maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

  • 3–5 mln AQSh doll.  – 3 yil;
  • 5–15 mln AQSh doll. – 5 yil;
  • 15 mln AQSh doll. undan yuqori –10 yil muddatga ozod qilinadi.

Soliq kodeksi 474-moddasining yangi tahririga muvofiq koʻrsatilgan imtiyozning amal qilish muddati maхsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (хizmatlar koʻrsatish) ob’yekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.

SKning 483-moddasi esa yangi tshchldirilgan qismga koʻra maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarning 2020 yil 1 yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrga qadar reyestrga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, 2020 yil 1 yanvarga qadar amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga toʻliq qoʻllaniladi. Ushbu shart SKning 473-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text182875_urq-783_mahsus_iqtisodiy_zonalarning_ishtirokchilariga_yangi_imtiezlar