Energoresurslar tariflari hozircha oshirilmaydi

preview

Vazirlar Mahkamasi 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son VMQning amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turadi. Bu haqda norma.uz portali yozmoqda: 

 

Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son qarori bilan yoqilgʻi-energetika resurslarining yangi narxlari belgilangan edi.

Ular 2022 yil 15 iyul hamda 2023 yil 1 apreldan qoʻllanilishi kerak edi. 

Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan 14.07.2022 yildagi 387-son qarori bilan 30.06.2022 yildagi 348-son VMQning amal qilishi vaqtincha toʻxtatildi. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2022 yildan kuchga kirdi.

Norma.uz materiallari asosida


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text182915_energoresurslar_tariflari_hozircha_oshirilmaydi