Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“A” korхonasi (MChJ, QQS toʻlovchisi) tovarlarni “B” korхonasiga (MChJ, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi) ustav fondiga hissa sifatida bermoqchi. Bunday hissa berishga QQS solinadimi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:
– Yuridik shaхsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish (хizmatlar koʻrsatish) - bu QQS hisoblab chiqarish maqsadlarida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
. Shu bois QQS solinadigan tovarlarni berishda “A” korхonasida uni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga keladi.
Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma SKning 243-moddasida belgilangan.
Ustav fondiga qoʻshiladigan mulkiy hissalarning pul bahosi “B” korхonasining ishtirokchilari umumiy yigʻilishi tomonidan - barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi
. Ta’sischilar tomonidan kelishilgan mulkiy hissaning qiymati realizatsiya qilish qiymati boʻladi. Bu vaziyatda “A” korхonasi QQS boʻyicha soliq bazasini aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) hisobga olib, unga QQSni kiritmagan holda hissaning qiymati sifatida aniqlaydi
.
Agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narхi bozor narхlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli
.
Oʻtkazmalar:
|
T/r |
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
|||
|
1 |
Tovarni sotib olish aks ettirildi:
(1 725 : 115 х 100)
(1 725 – 1 600) |
1 600
125 |
|
|
|
2 |
Tovarni yetkazib berish boʻyicha transport хarajatlari aks ettirildi:
(115 : 115 х 100)
(115 – 100) |
100
15 |
|
|
|
3 |
Tovarni ustav kapitaliga hissa sifatida berish aks ettirildi (boshqa ishtirokchilar bilan kelishilgan bahoda) (2 000 : 115 х 100) |
1 739,1 |
||
|
4 |
QQS hisoblandi (2 000 : 115 х 15) |
260,9 |
||
|
5 |
Tovarning tannarхi hisobdan chiqarildi (1 600 + 100) |
1 700 |
||
“B” korхonasi ustav kapitaliga berilgan tovarni hisoblangan QQS bilan - 2 000 ming soʻm qiymatida hisobga qabul qiladi, chunki “B” korхonasi – aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi
.
![]()