Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Chegiriladigan va chegirilmaydigan xizmat safari xarajatlari qanday aniqlanadi
Xizmat safari xarajatlari chegirib tashlanmaydigan xarajatlar roʻyxatiga kirmaydi
. Biroq, ularning ayrimlari butunlay jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadi boʻlishi va foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanmaydigan xarajatlar ostiga tushishi mumkin.
Bunday vaziyatlarning nozik jihatlarini “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi:

- Xizmat safari xarajatlarini chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritish mumkin boʻlishi uchun ular iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashi va hujjat bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak
.
Aynan:
- daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlsa (muzokaralar olib borish, xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish, buyurtmachi hududida ishlarni bajarish va hokazo maqsadida xizmat safari);
- tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa (raqobatdoshlikni oshirish uchun xodim hududlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimotini oʻtkazadi, tarmoq koʻrgazmalarida ishtirok etadi va hokazo).
Quyidagilar xizmat safari xarajatlarining hujjat bilan tasdiqlanishi hisoblanadi:
- xizmat safariga buyruq;
- xizmat safari guvohnomasi (Oʻzbekiston hududi doirasida xizmat safarida);
- xizmat safariga yuborilgan xodim uchun reja-topshiriq;
- boʻnak hisoboti;
- topshiriq bajarilganligi toʻgʻrisida hisobot;
- transport, yashash xarajatlari va haqiqatda qilingan boshqa xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar sizga xizmat safarining iqtisodiy jihatdan oqlanganligini asoslab berishda yordam beradi.
Xizmat safarining asoslanganligi va hujjat bilan tasdiqlanganligi hali barcha xarajatlarni chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish mumkinligidan dalolat bermaydi.
Sutkalik xarajatlar
Sutkalik xarajatlarni hujjat bilan tasdiqlash shart emas, ular me’yorlanadi
. Belgilangan normalardan ortiqcha sutkalik xarajatlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibida kompensatsiya toʻlovlari jumlasigi kiradi
.
Jamoa yoki mehnat shartnomasida va soliq hisob siyosatida sutkalik xarajatlar normalarini nazarda tuting (ular minimal xarajatlardan yuqori boʻlishi mumkin). Bu ularning iqtisodiy jihatdan oqlanishi boʻladi va foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlash imkonini beradi.
Yoʻl xarajatlari
Xizmat safariga yuborilgan xodimning yoʻl xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlar asosida haqiqatda qilingan chiqimlar boʻyicha aniqlanadi. Ular mavjud boʻlmaganda esa tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.
Minimal norma – har bir kilometr uchun BHMning 0,08%i
. Jamoa yoki mehnat shartnomasida, shuningdek hisob siyosatida siz minimal miqdordan kam boʻlmagan oʻz normangizni oʻrnatishingiz mumkin. Va bu xarajatlarni chegirib tashlash uchun asos boʻladi.
Normativ kilometraj bilan bogʻliqligi bois, masofani navigator yoki elektron xarita yordamida tasdiqlang. Olingan ma’lumotlarni qayd eting va soliq registriga kiriting.
Agar yoʻl xarajatlari korxonada tasdiqlangan normalardan oshsa va xizmat safariga yuborilgan xodim ularni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, bu - normadan oshish qismida chegirib tashlanmaydigan xarajatlar.
.Xodim Samarqand shahriga xizmat safariga yuborildi, yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmadi.
Xodimdan:
- tashkilot rahbari nomiga xarajatlarni jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda qoplashni soʻrab ariza yoki xizmat yuzasidan ma’lumot yozishini;
- qoplanadigan summani boʻnak hisobotiga kiritishini soʻrang.
Aholi punktlari orasidagi masofani aniqlang. Trassa boʻyicha Toshkent va Samarqand oʻrtasidagi masofa Internet ma’lumotlariga binoan 310 kmni tashkil etadi. Binobarin, bir tomonga qoplanadigan summa:
- 300 000 x 0,08% x 310 = 74 400 soʻmni tashkil etadi.
Borib qaytish:
- 74 400 x 2 = 148 800 soʻmni tashkil etadi.
Istisno hollarda siz rahbarning ruxsati bilan va tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda xizmat safariga yuborilgan xodimga bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashingiz mumkin
. Agar bagajda xizmat safariga doir topshiriqlarni bajarish uchun zarur mol-mulk boʻlganligiga ishonchingiz komil boʻlsa, ularni qoplang.
Agar tasdiqlovchi hujjatlardan (xizmat safari toʻgʻrisida hisobot, xizmat yuzasidan ma’lumot) bagaj xizmat safariga doir topshiriqlarni bajarish bilan bogʻliqligi koʻrinib tursa, bu bunday xarajatlarni chegirib tashlash uchun asos boʻlishi mumkin.
Turar joyni ijaraga olish boʻyicha xarajatlar
Bunday xarajatlar haqiqatdagi chiqimlar boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Agar hujjatlar mavjud boʻlmasa, turar joyga xarajatlarni xizmat safarida boʻlishning har bir sutkasi uchun BHMning 20%i hisobida qoplang
. Ushbu normadan ortiqcha xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda:
1) xodimning JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiritiladi
;
2) foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanmaydigan xarajat hisoblanadi
.
Boshqa xarajatlar
Xizmat zarurati bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar (aloqa, pochta, internet va hokazo) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qoplanadi
. Iqtisodiy jihatdan asoslash uchun, ularning roʻyxatini jamoa yoki mehnat shartnomasida, shuningdek soliq hisob siyosatida aks ettiring.
Ushbu hujjatlarda nazarda tutilmagan qoʻshimcha xarajatlarni quyidagilarga kiriting:
1) xodimning JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadlariga
;
2) foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga
.
![]()