9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Muayyan ma’noda ushbu material ikkita sababga koʻra “shok-kontentli” hisoblanadi:
1) portalning tahririyat siyosatida ochiq-oydin yozilgan: “bizning oʻquvchimiz apriori – oʻz ishining professionali va halol inson”. Sayt auditoriyasiga yomon hislatlarni - noprofessionallik, gʻarazli niyatlar va hokazoni singdirish taqiqlanadi.
2) boshqa sabab - kimnidir notoʻgʻri harakatlarga undamaslik uchun soliq yoki boshqa firibgarlik “sxemalari”ni oshkor qilish mumkin emas.
Boshqa tomondan – mavzu nozik boʻlsa-da, biroq juda-juda muhim. Va u buxgalter.uz ning vazifalariga javob beradi - kompaniyalarda hisob va soliq solishning shaffofligi, huquqbuzarliklar va sanksiyalar mavjud emasligi, qonuniy iqtisodiyot.
Shunday qilib, e’lon qilamiz! Agar oʻqiganingizdan keyin hali ham savollar boʻlsa, sizni 25 iyul kuni korxona ichidagi firibgarlik xavfi haqidagi vebinarga taklif qilamiz.
Buxgalteriya hisobining yomon tashkil etilganligi firibgarlik uchun qulay muhit yaratadi. Firibgarlar qanday harakat qilishi va ehtimoliy zararni qanday minimallashtirish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Arkad Audit” konsalting kompaniyasi ta’sischisi Natalya TURALINOVA soʻzlab berdi:
- Firibgarlarda talon-toroj qilishning turli usullari mavjud, lekin ularni bitta belgisi boʻyicha aniqlash mumkin - buxgalteriya hisobida soxtalashtirish. Tajribamizning koʻrsatishicha, buxgalterning oʻzi ularning tashabbuskori boʻlishi mumkin yoki u zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, firibgarlar uning orqasidan harakat qilishadi.
Rahbarlar mol-mulkning saqlanishini kuzatib borishga harakat qilishmaydi deb boʻlmaydi - masala bu choralar qanchalik samarali ekanligida. Masalan, buxgalter tomonidan ikki yuz mln soʻm oʻgʻirlangan bir korxonada, har bir toʻlov topshiriqnomasi shaxsan direktor tomonidan qabul qilingan. Biroq bu uni talon-torojlikdan saqlab qolmagan.
Talon-torojliklarning asosiy sxemalari va ularni bartaraf etishda yordam beradigan nazorat choralarini koʻrib chiqamiz.
Pullar va tovarlarni oʻgʻirlashlaridan kelib chiqamiz. Shu bois, farrosh talon-torojlikning tashabbuskori boʻlishi amri mahol, koʻproq – ombor ishchilari va buxgalterlar boʻladi. Yana tajribaning koʻrsatishicha, likvid tovarlarni faol sotadigan korxonalarda firibgarlik xavfi koʻp marta oshadi.
1. Hisobvaraqdan talon-torojlik
Biz bankka oʻz vaqtida topshirilmagan inkassatsiya qilinadigan tushumni oʻgʻirlash kabi oddiy sxemalarni koʻrib chiqmaymiz. Aniqlash ancha murakkab boʻlgan sxemalarni koʻrib chiqamiz.
Pullarni ish haqi orqali oʻgʻirlash
Talon-torojlikning eng keng tarqalgan usuli - buxgalter korxona pullarini oʻz kartalariga yoki “oʻlik jonlar” kartalariga oʻtkazadi. Sxema oddiy, lekin oxirgi vaqtda yuridik shaxslar hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarga toʻlovlarga soliq organlarining e’tibori tufayli sezilarli darajada qiyinlashdi.
Soliqchilardan xat olmaslik uchun firibgarlar bunday harakat qilishadi: buxgalter hisoblashni amalga oshiradi va undan soliqlar toʻlangan MHJ summasini koʻradi. Biroq pullarning bir qismi xodimlarga toʻliq toʻlanmaydi. Bu:
- ishdan boʻshash chogʻida ta’tilni kompensatsiya qilish;
- “soxta” ish vaqtidan tashqari ishlar;
- biznes mulkdorlariga hisoblanishi majburiy boʻlgan ish haqi, ular mulkdorlarga ahamiyatsiz, shu bois tahlil qilinmaydi.
Farq firibgarning yoki “oʻlik jon”ning kartasiga oʻtkaziladi. Soliqchilar har bir soliq toʻlovchi boʻyicha soliq solish bazasini kuzatib borishmaydi, ularni nazorat qilish umuman soliq agentining majburiyatlariga taalluqli. 1S dasturida firibgar toʻlovlarni har bir xodimga hisoblashlar boʻyicha teng taqsimlaydi. Shu bois ortiqcha toʻlov va toʻliq boʻlmagan toʻlov faqat bank toʻlov qaydnomalarida seziladi. Bunda, agar ish haqi ilgarigidek naqd shaklda toʻlansa, soxtalashtirishni fosh qiluvchi hech qanday birlamchi hujjat boʻlmaydi.
Hatto direktor sms-xabar orqali har bir bank toʻlov topshiriqnomasini nazorat qilgan taqdirda ham, u faqat umumiy summani koʻradi. Shu bois, toʻlov topshiriqnomasini emas, balki hisoblashlarni tekshirgan va “oʻlik jonlar”ni istisno qilgan holda, pul mablagʻlarini xodimlarning kartalariga taqsimlash qaydnomasini tahlil qilish lozim.
Kreditorlik qarzini toʻlash orqali pullarni oʻgʻirlash
Buxgalterning vazifalari jumlasiga tushumni, shu jumladan oʻzi olib borib inkassatsiya qilish kiradi. Uni bankka topshirishda “toʻlov tafsilotlari”da buxgalter bu - shaxsan oʻzidan korxonaga qarz ekanligini koʻrsatadi. Shundan keyin buxgalter korxonaning hisobvaragʻidan pullarni kichik qismlar bilan shaxsiy hisobvaragʻiga chiqarib oladi.
Direktor toʻlov topshiriqnomalarida amaldagi qarz shartnomalari boʻyicha joriy toʻlovlarni koʻradi, toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha firibgarlikni kuzatib borish mushkul. Bunda, firibgarni ishdan boʻshatgandan keyin hujjatlarni tekshirish chogʻida hatto rahbarning imzosi bilan qalbaki qarz shartnomasi nusxasini topish mumkin. U keyinchalik boʻsh varaqlarga har ehtimolga qarshi imzo qoʻyganini eslaydi, buni kimning iltimosiga binoan qilganini taxmin qilish oson.
Bunday firibgarlikning sababini aniqlash uchun dasturning hisob ma’lumotlarini emas, balki bank koʻchirmalarining aslini tahlil qilishni tavsiya qilaman.
Majburiy toʻlovlarni toʻlash orqali oʻgʻirlik
Amaldagi Soliq kodeksida debitorlarning hisobvaraqlaridan soliq qarzlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yechib olish imkoniyati bekor qilinganidan keyin soliqlarni toʻlashdan foydalangan holda yirik talon-torojliklar istisno qilindi. Lekin uncha katta boʻlmagan tuynuk qoldi... Masalan, korxona rahbari har oyda Xalq banki hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan ShJBPH summasiga e’tibor bermasligi mumkin. 600 ming oʻrniga 6 mln soʻm miqdoridagi summa, agar bu bankka majburiy toʻlov boʻlsa, butunlay ziyonsiz koʻrinishi mumkin. Farq reyestrda tanish pensionerda aks ettiriladi, u pullarni naqd qilib chiqarib oladi.
Firibgarlikning bu turini jismoniy shaxslarga toʻlovlar va hamroh badallar boʻyicha ish jadvali yordamida aniqlash mumkin.
2. Tovarni oʻgʻirlash
Albatta, har bir rahbar mayda oʻgʻirliklar imkoniyatini nazorat qiladi. Bizning misolimizda gap tovarlarni omborlardan turkumlarda joʻnatish sxemasi haqida boradi.
Kompaniya Oʻzbekistonning butun hududi boʻylab omborlarga ega. Omborning ishlash prinsipi oddiy: tovar chakana shoxobchalardan buyurtmalar boʻyicha joʻnatiladi, tovarni topshirishda toʻlov naqd shaklda yoki plastik karta orqali amalga oshiriladi. Realizatorlar olingan tushumni kechqurun buxgalteriyaga topshiradilar.
Nazorat oddiydek tuyuladi: agar tovar ertalab realizatsiya qilishga olib ketilsa, kechqurun sotish narxi boʻyicha joʻnatish summasiga pullar boʻlishi yoki sotilmagan tovar qaytarilishi kerak.
Endi savol tugʻiladi: realizator qanday pullarni olib kelishi mumkin? Faqat naqd pullarni, shuningdek - tovar terminal yoki boshqa toʻlov tizimlari orqali sotilganligi tasdiqnomasini. Realizatorning terminal cheklari yoki toʻlov tizimlaridan chop etilgan smslar bilan birga hisoboti bunday tasdiqnoma boʻlishi mumkin.
Shundan soʻng hisobot ma’lumotlari boʻyicha moddiy buxgalter realizatsiya, kassir esa - onlayn-NKT aylanmasini aks ettiradi. Tovar aylanmasi ma’lumotlari dasturga yuklanadi, bosh buxgalter Toshkent shahrida oʻtirgan holda terminal boʻyicha yoki toʻlov tizimi orqali har bir toʻlovning hujjat bilan tasdiqlanishini tekshirish imkoniyatiga ega boʻlmay, yuklashning toʻgʻriligini kuzatib boradi.
Natijada moddiy buxgalter joyida realizatsiya qilingan tovarni hisobdan chiqaradi, u boʻyicha toʻlov xodimlar-firibgarlarning hamyonida qoladi.
Bosh buxgalter korxona hisobvaraqlariga toʻliq kelib tushmagan tushumni sezishi kerakdek koʻrinadi. Biroq, bu har doim ham shunday emas, chunki uning asosiy vaqti soliq hisob-kitoblariga sarflanadi. Yoki bosh buxgalter muammoni “sezmaydi”, sababi u ham "sxema"dan manfaatdor shaxs hisoblanadi. Ombor va buxgalteriya oʻrtasidagi bunday "doʻstlik" bilan tovar aylanmasining 1-2%ini talon-toroj qilish hech qachon aniqlanmasligi xavfi mavjud.
Sxemaning universalligiga e’tibor bering: har hafta tovarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va kamomadni aniqlamaslik mumkin, chunki sotilgan tovar hisobdan chiqariladi. Muammo shundaki, uni realizatsiya qilishdan olingan tushum korxona hisobvaraqlariga kelib tushmaydi.
Agar realizatorning hisobotlariga tasdiqlovchi cheklar tekshirilsa, zararni minimallashtirish mumkin. Tushum kelib tushishining tahlili har bir moddiy-javobgar shaxs kesimida amalga oshiriladi.
Bizning amaliyotimizda talon-torojlik ancha miqdorda boʻlgan - tovar qalbaki vositachilik shartnomalari boʻyicha olib chiqib ketilgan hollar boʻlgan.
Hatto firibgarlarga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha sudning ijobiy qaroridan keyin ham biznesga pullarni qaytarish juda qiyin.
Xulosa qilamiz:
Bizning kuzatishlarimizga koʻra, bunday koʻlamdagi talon-torojlik kam hollarda guruh bilan sodir etiladi. Koʻpincha bu ombor yoki buxgalter boʻladi. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish bundan mustasno, ushbu sxemalar haqida alohida yozish zarur.
Butun faoliyatim davrida men korxona jinoyat ishi tashabbusi bilan chiqqan faqat ikkita holatni bilaman. Sababi oddiy: firibgarlar korxonaning oʻzining “kulrang” sotish sxemalari tufayli kompaniyani qoʻrqitishlari mumkinligini tushunadilar.
Shubhasiz - biznesning xususiyatlarini hisobga olgan holda hisobga olish bilan bogʻliq xavflarni istisno qiluvchi toʻgʻri hujjat aylanishi eng samarali nazorat chorasi hisoblanadi.
Hujjat aylanishi talon-toroj qilish imkoniyatini qanday istisno qilishi haqida “Korxona ichidagi firibgarlik qanday xavflarga olib kelishi mumkin va ularni qanday istisno qilish mumkin” vebinarida soʻzlab beraman.
Oʻtkazish sanasi - 2022 yil 25 iyul, boshlanish vaqti - 15:30 da.
“Norma” va Buxgalter Pro axborot mahsulotlari foydalanuvchilari uchun - bepul!
![]()