Mol-mulkni mustaqil baholash natijalari qanday taqdim etiladi

preview

2022 yilda mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarish uchun mustaqil baholashni oʻtkazgan tashkilotlar qayta baholash natijalarini masofadan turibmy3.soliq.uz saytida “Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish” yangi interaktiv хizmati yordamida topshirishlari mumkin. Undan qanday foydalanish va qayta baholash natijalari qabul qilingandan keyin nima qilish lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora Ergasheva soʻzlab berdi:

 

- Agar DSQ yoʻriqnomasidan foydalanilsa, mol-mulkni baholash natijalarini joʻnatish boʻyicha servisdan foydalanish murakkab boʻlmaydi.

Agar olingan qiymat boʻnak toʻlovlari boʻyicha ma’lumotnomada ilgari bayon qilingan qiymatdan farq qilsa, aniqlashtirilgan ma’lumotnoma topshiring.

E’tiboringizni shunga qaratishni istardimki, Moliya vazirligining 30.12.2021 yildagi 06/04-01-01-32/2987-son Aхborot хabariga asosan:

  • agar ob’yektning 1 kv. metri qiymati belgilangan minimal qiymatdan past boʻlsa, mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi;
  • agar qayta baholash qiymati 1 kv.metr uchun belgilangan minimal qiymatdan koʻp boʻlib chiqsa, ushbu holda soliq toʻlovchilar soliqni hisoblab chiqarish maqsadida 1 kv.metr uchun belgilangan minimal qiymatni qoʻllash huquqiga ega.

Kalendar yilning qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlariga qayta baholash natijalarini hisobga olgan holda soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiriting.

Agar siz baholash oʻtkazish haqida bayon qilgan boʻlsangiz, biroq baholash toʻgʻrisida hisobot va aniqlashtirilgan ma’lumotnomani 2022 yil 1 oktyabrga qadar taqdim etmagan boʻlsangiz, soliq majburiyatlari 1 kv. metrning minimal qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text183093_mol-mulkni_mustaqil_baholash_natijalari_qanday_taqdim_etiladi