9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Kreditor oʻzgarishi tarif preferensiyasiga boʻlgan huquqni yoʻqotishga olib keladimi
“Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan MChJ 2022 yil yanvar oyida Rossiya Federasiyasidan notexnologik uskunalarni import qildi. Oʻzbekiston va Rossiya MDHga kirishi bois, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida (IMP 40) imtiyozni qoʻllashdi, bojxona boji toʻlanmagan. Yetkazib beruvchilar bilan toʻliq hisoblasha olishmadi. Aprel oyining oxirida yetkazib beruvchining (Rossiya) iltimosiga binoan va bizning roziligimiz bilan uch tomonlama sessiya (voz kechish) shartnomasi tuzildi, unga asosan qarzni talab qilish huquqi Buyuk Britaniya yuridik shaxsiga oʻtkazildi. Bu vaziyatda imtiyoz (bojxona bojidan ozod qilish) saqlanib qoladimi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Oʻzbekiston bojxona brokerlari uyushmasi raisi Arsen AYRAPETYaNS javob berdi:
– Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq,
Oʻzbekiston bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar boʻyicha bojxona boji toʻlanmaydi
.
Agar kontrakt shartlari oʻzgartirilsa yoki toʻldirilsa, ushbu oʻzgartirishlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi va kontraktlar bilan boʻlgani singari tartibda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritilishi kerak.
Agar bitim taraflari yoki ularning rekvizitlari oʻzgargan boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi sub’yekt ushbu qoʻshimchalar kontraktlarga yoki invoyslarga va tegishli ma’lumotlar TSOYaEATga kiritilgan sanadan boshlab 10 ish kuni mobaynida "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga murojaat etishlari shart.
.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda sessiya shartnomasi tuzilganidan keyin bitim shartlari oʻzgartirildi, BYuDga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi yetkazib beruvchi (kreditor) Buyuk Britaniya hisoblanadi. Binobarin, ushbu shartnomaga nisbatan qonun hujjatlari bitim shartlaridagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak.
Buyuk Britaniya bilan bizda erkin savdo rejimi mavjud emas, binobarin, bojxona bojlari toʻlanishi zarur. Ta’kidlab oʻtaman, BKning 300-moddasida nazarda tutilgan preferensiyalar bu holatda endi boʻlmaydi.
Bu masala boʻyicha BKning 3-moddasiga asoslangan oʻzgacha nuqtai nazar mavjud, unga asosan bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi. Buning tarafdorlari kreditorni almashtirish tovar boʻyicha tarif preferensiyasiga boʻlgan huquqni yoʻqotishga olib kelmaydi deb hisoblashadi. Ular oʻz pozitsiyalarini "Erkin muomalaga chiqarish (import)" bojxona rejimiga olib kirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida tarif preferensiyasi qoʻllanilganligi va bojxona boji toʻlanmaganligi, BKning 300-moddasi talablariga rioya qilinganligi bilan asoslashadi. Kreditor oʻzining talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda
majburiyatda shaxsni (kreditorni) almashtirish sodir boʻldi. FKning 315-moddasiga amal qilgan holda ushbu nuqtai nazar tarafdorlari dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquqning oʻtish davrida mavjud boʻlgan hajmda va shartlarda oʻtadi, deb hisoblashadi, chunki shartnomadan va qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmaydi.
Men bu pozitsiyaga qoʻshilmayman, chunki bu holatda qonun hujjatlaridagi oʻzgartirishlar faktlari yoʻq, shartnoma shartlarida oʻzgartirishlar mavjud. Bunda - preferensiyalarni qoʻllash nuqtai nazaridan muhim oʻzgartirishlar.
Rossiyaning yetkazib beruvchilari – Oʻzbekiston bilan erkin savdo zonasi rezidentlari tovarlari uchun belgilangan preferensiyalar Buyuk Britaniya yetkazib beruvchilarining tovarlariga tatbiq etilmaydi.
- Import operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi;
- Yukni bojxonadan oʻtkazish, bojxona toʻlovlarini hisoblash va buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- Soliq solinadigan va ozod etilgan aylanma mavjud boʻlganda QQS qanday hisobga olinadi;
- QQSni tovar va xizmat qiymatiga kiritish zarur boʻlgan hollar.
