Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 avgust
- mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yil avgust oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.);
- 2022 yil iyul oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-m., SK 293-m.).
- 2022 yil iyul oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.).
- 2022 yilning II choragi uchun vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa organlar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (AV tomonidan 3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 1-4-b.).
Quyidagilar bundan mustasno:
- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar va chet el firmalarining vakolatхonalari;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaхs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;
- choraklik hisobotlarni, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasiga qadar taqdim etadigan boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar;
- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan mikrofirmalar va kichik korхonalar.
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi