Tadbirkorlarni ofisning noqonuniy qayta qurilishi yuzasidan tekshirishadi

preview

Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimiga yana bittasi qoʻshildi –“asosli ma’lumotlar boʻlganda koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan koʻp kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilganligi ustidan nazorat qilish”. Bu Prezidentning 4.08.2022 yildagi PF-182-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Hujjat "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

PF-5490-son Farmonga 2-ilova  koʻp kvartirali uylardagi joylarning qayta qurilishi va qayta rejalashtirilishi ustidan nazorat qilishni nazarda tutuvchi yangi pozitsiya bilan toʻldirildi. 

Tekshiruvga 1 kundan koʻp boʻlmagan vaqt ajratiladi, tekshiruvchi organ – Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.08.2022 yildan kuchga kirdi.  

Norma.uz materiallari asosida


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text183527_tadbirkorlarni_ofisning_noqonuniy_qayta_qurilishi_yuzasidan_tekshirishadi