9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Norezidentni masofadan turib ishga qabul qilish mumkinmi? U chet elda turib ishlarni bajaradi. Unga ish haqi toʻlashda qanday soliqlar toʻlanadi?”.
Buxgalter.uz uchun maxsus savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Ha, siz norezidentni masofadan turib ishga qabul qilishingiz mumkin.
Jismoniy shaxs-norezidentlar bilan shartnomalar rezidentlar bilan tuziladigan tartibda tuziladi.
Norezident bilan ham mehnat shartnomasi (bu holda xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi), ham fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma (munosabatlar Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi) tuzish mumkin.
1. Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlash
Chet elda boʻlgan holda masofadan turib ishlaydigan, u bilan mehnat shartnomasi tuzilgan xodim Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlashi kerak emas
.
Mehnat shartnomasini tuzishda quyidagi tavsiyaga rioya qiling:
Ish haqi shartnoma shartlariga asosan toʻlanadi.
2. FHX shartnoma boʻyicha ishlash
Agar siz chet ellik shaxs bilan FHX shartnoma tuzsangiz ham, Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish zarur emas. Bu holda xizmat koʻrsatish uchun haq chet el fuqarosining daromadi boʻladi.
JShShIR qanday olinadi
Bu va boshqa holda chet ellik davlat xizmatlari markazi yoki IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi orqali JShShIR olishiga toʻgʻri keladi. Agar chet ellik Oʻzbekistonga kelishni va mustaqil ravishda shaxsiy identifikatsiya raqamini olishni rejalashtirmasa, u Oʻzbekistondagi oʻz vakiliga ishonchnoma rasmiylashtirishi va yuborishi kerak.
Davlat xizmatlari markazlarida JShShIR olish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- pasport skani;
- elektron shaklda oq fonda fotosurat;
- ishonchnoma (agar chet ellik uchun JShShIRni vakil olsa).
Chet ellikka ish haqi qanday valyutada toʻlanadi
Chet el valyutasida ish haqi toʻlash Oʻzbekiston hududida ruxsat etilgan hisob-kitoblar roʻyxatiga kirmaydi
. Shu bois uni milliy valyuta - soʻmda toʻlang, valyuta toʻlovlari qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
Quyidagilarga ish haqini chet el valyutasida toʻlash mumkin:
- "LG CNS Uzbekistan" QKga ishga jalb etilgan xorijiy jismoniy shaxslarga tuzilgan shartnomalar doirasida
; - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining chet ellik xodimlariga
.
Agar siz norezidentga ishlar (xizmatlar) importi uchun kontrakt sifatida hisoblanadigan FHX shartnoma boʻyicha daromad toʻlasangiz, uni mamlakat tashqarisida ochilgan valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash mumkin.
Agarda siz norezidentga daromadni mehnat shartnomasi boʻyicha soʻmda toʻlasangiz, u oʻzining ish haqi kartasidan bank ilovasi orqali virtual tarzda foydalanishi, keyin esa masofa rejimida pullarni konvertatsiya qilishi va /yoki xalqaro oʻtkazmalar tizimi orqali qayta joʻnatishi ham mumkin.
Soliqlar
Masofadan turib ishlaydigan norezidentning daromadiga 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi
, agar ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa.
Korxona-ish beruvchi (buyurtmachi) ijtimoiy soliqni ham toʻlaydi
.
![]()