9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashining “Soliq ma’muriyatchiligining raqamli texnologiyalari” Ishchi guruhi MXIKni joriy etishning dolzarb masalalarini norasmiy sharoitda muhokama qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu gʻoyani DSQ raisi Sherzod KUDBIYeV qoʻllab-quvvatladi”.
– Innovatsiya va menejment markazida 2022 yil 13 avgustda “aqliy hujum” oʻtkazildi, unda quyidagilar boʻyicha takliflar ishlab chiqildi:
– mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogini yanada takomillashtirish;
– soliq ma’muriyatchiligida MXIKni qoʻllash.
“Aqliy hujum”da 30 kishi - DSQ mutaxassislari, onlayn-NKTga texnik xizmat koʻrsatish markazlari vakillari, EHA operatorlari va amaliyotchi buxgalterlar ishtirok etishdi. Ular uchta guruhga boʻlinib, bir xil vazifa va savollar olishdi. Guruh muhokamasi natijalari umumiy yigʻilishlarda taqdimot qilindi.
Guruhlar ishining mustaqilligiga qaramay, muammolar va ularni hal qilish yoʻllariga nisbatan fikrlari oʻxshash boʻldi. Barcha ishtirokchilar MXIK kodlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni yakunlash vazifasini ajratib koʻrsatishdi, uning natijasida Katalog kengaytirilishi va mamlakatimiz bozorida taqdim etilgan tovarlar va xizmatlarning barcha turlarini qamrab olishi kerak.
“Aqliy hujum” ishtirokchilarining fikriga koʻra, quyidagi normalar yoziladigan huquqiy hujjatning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ushbu ishga koʻmaklashadi:
- har bir mahsulotning oʻziga xos xususiyatlarini hamda soliq ma’muriyatchiligi tizimining mahsulot haqidagi ma’lumotlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, tovar va xizmatlar uchun MXIK kodlarini shakllantirish va berish;
- yangilangan va yangi MXIKni joriy etish, eskirgan va talab qilinmaganlarini muomaladan chiqarish qoidalari;
- MXIKni ishlab chiqish va qoʻllash jarayonida DSQ, “Yangi texnologiyalar” IAM, EHA operatorlari, TXKM va tadbirkorlik sub’yektlarining hamkorligi.
MXIKdan foydalanish instrumentlarini takomillashtirish vazifasi dolzarb koʻrinadi. Bugungi kunda EHFda MXIK ustunini toʻldirish jarayoni avtomatlashtirilgan. Tushuvchi yoʻl-yoʻriqda tasnif.soliq.uz da shaxsiy kabinetda shakllantirilgan “Tanlangan MXIK” roʻyxatidan barcha kodlar taqdim etilgan.
Buning uchun soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatining “Mening tovarlarim” havolasi funksionalini takomillashtirish taklif qilinadi:
1) ikkita boʻlimni nazarda tutish:
- tasnif.soliq.uz da shaxsiy kabinetdan tanlangan MXIK bilan tovarlar roʻyxati avtomatik tarzda oʻtadigan ombor;
- “Ombor” boʻlimidan kerakli tovarlarni olib oʻtish yoʻli bilan MXIKli tovarlar roʻyxatini shakllantirish imkoniyati bilan doʻkon (fiskal modul);
2) “Doʻkon” boʻlimida shakllantirilgan tovarlar roʻyxatini onlayn-NKT xotirasiga joʻnatish imkonini beradigan funksionalli tugmani nazarda tutish. Natijada yangi roʻyxat onlayn-NKT xotirasidan oʻtishi, eskisi esa - olib tashlanishi kerak.
Tasnif.soliq.uz da shaxsiy kabinetda Katalogda MXIK qiymati oʻzgargan taqdirda foydalanuvchini amalga oshirilgan oʻzgartirishlar haqida xabardor qilgan holda tanlangan MXIKga avtomatik tarzda tuzatish kiritish uchun imkoniyat yaratish taklif qilindi.
Katalog bilan ishlash va MXIK kodlarini qoʻllash jarayonida tadbirkorlik sub’yektlarining MXIK operatori bilan hamkorlik qilishi muammolarini hal qilish yoʻllari koʻrib chiqildi.
Misol uchun, tasnif.soliq.uz saytining tovar yoki xizmat uchun MXIK olish uchun ariza joʻnatish boʻyicha servis ishini takomillashtirish taklif qilinmoqda. Quyidagilarni belgilagan holda yaxshilanishga erishish mumkin:
- MXIK operatori arizani koʻrib chiqishi shart boʻlgan muddat (muddat tovarlarni realizatsiya qilishga toʻsqinlik qilmasligi uchun muvofiq ravishda qisqa boʻlishi kerak, masalan, ariza berilgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida);
- arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha javobning yozma shakli. Agar soʻrov rad etilsa, rad etish sababi aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar MXIK operatori yangi MXIKni joriy etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, javobda mazkur tovarga, xizmatga qoʻllanishi zarur boʻlgan MXIK aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda xoʻjalik yurituvchi sub’yektda ariza boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan tezkor tarzda nizolashish imkoniyati boʻlishi kerak.
Uchrashuv chogʻida MXIK bilan ishlash uchun tasnif.soliq.uz sayti interfeysini va boshqa instrumentlarni takomillashtirish boʻyicha boshqa takliflar ham ishlab chiqildi.
Ularning barchasi soliq idorasiga beriladi. Takomillashtirilgan normativ-huquqiy baza va axborot texnologiyalari qoʻyilgan vazifalarni hal qilishning negizi boʻlishi kerak.
Oleg GAYeVOY tayyorladi