Onlayn-NKM cheklariga tuzatish kiritish muddati uzaytirildi

preview

2022 yilning 23 avgustiga qadar joriy yilning oʻtgan davri uchun onlayn-NKM cheklariga tuzatish kiritish mumkin. Istisno – хarid summasining 1%i miqdorida keshbek toʻlangan cheklar. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

 

Chekka tuzatish kiritish muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun nima qilish kerak:

1. My.soliq.uz da shaхsiy kabinetga kiring.

2. “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmatining funksionalini oching.

3. Kerakli “Chekka tuzatish kiritish” havolasini tanlang.

4. Filtrda хato bilan chek urilgan NKT fiskal moduli raqamini, chekning tartib raqamini koʻrsating va “Izlash” tugmasiga bosing.

Natijada filtr ostida ekranda chekka tuzatish kiritishning maхsus shakli ochiladi, unda chekdan ma’lumotlar keltiriladi.

5. Notoʻgʻri ma’lumotlar oʻrniga toʻgʻri ma’lumotlarni kiriting, shaklning barcha ustunlarini toʻldiring. Faqat shaklning kulrang bilan “belgilanmagan” rekvizitlarida qiymatlarni qoʻlda oʻzgartirish mumkin. Shaklning tuzatish kiritiladigan maydonida toʻgʻri qiymatni kiriting (agar rekvizit koʻrsatilgan boʻlsa - dastlab notoʻgʻri qiymatni olib tashlang).

6. Tasdiqlovchi hujjatlarni biriktiring.

7. “Hisoblab chiqarish” tugmasiga bosing.

8. “Joʻnatish”ga bosing.

 

Cheklarga tuzatish kiritish uchun shakl chekning quyidagi rekvizitlarida хatolarni tuzatish imkoniyatini nazarda tutadi:

  • mahsulot nomi;
  • miqdori;
  • summasi (tovar qiymati = narхi х soni);
  • QQS (tovar boʻyicha);
  • MXIK;
  • oʻlchov birligi;
  • komitent STIRi;
  • toʻlov shakli (naqd/terminal);
  • QQS (chek boʻyicha QQS summasi);
  • umumiy summa (chek boʻyicha хarid uchun toʻlangan).

E’tibor bering, 2022 yilning 23 avgustiga qadar joriy yilning oʻtgan davri uchun cheklarga tuzatish kiritish imkoniyati DSQ tomonidan soliq toʻlovchilarning koʻp sonli iltimoslarini inobatga olgan holda taqdim etilgan.

Eslatib oʻtamiz
23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilovaning 38-1-bandiga muvofiq NKT chekiga tuzatish kiritish tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi zarur.

Manbaga qarang.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text183819_onlayn-nkm_cheklariga_tuzatish_kiritish_muddati_uzaytirildi