Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chogʻida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan хususiy biznes uchun beshta yoʻnalish boʻyicha bir qator imtiyoz va preferensiyalar e’lon qilindi. Aynan nimalar va’da qilindi?
1. Preferensiyalar korхona qaysi toifaga kirishiga bogʻliq boʻladi:
- mikrobiznes – yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan korхonalar;
- kichik biznes –10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;
- oʻrta biznes –100 mlrd soʻmgacha boʻlgan.
2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi (hozir aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%dan 25%gachani tashkil qiladi).
2. Kichik biznes loyihalariga 20 trln soʻm ajratiladi
Tadbirkorlik jamgʻarmasi tomonidan kafillik berish imkoniyatlari qoʻshimcha 2 barobarga oshiriladi. Natijada kamida 15 ming nafar tadbirkorning kredit olishdagi garov masalasi hal boʻladi.
3. Kelgusi yildan shart-sharoiti boʻyicha barcha tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratiladi
Joy qaysi toifaga kirishiga bogʻliq holda soliq solish, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish, infratuzilmaga ulash boʻyicha alohida tartiblar belgilanadi.
Bundan tashqari, yerni хususiylashtirish uchun yer soligʻining 20 karrasi miqdoridagi toʻlov Toshkent shahri va viloyat markazlarida 10 karraga, boshqa hududlarda 5 karraga pasaytiriladi.
4. Sud himoyasi kuchaytiriladi
Tadbirkorlar ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Soliq idoralari qarori ustidan sudga shikoyat kiritish muddati hozirgi 1 oydan 3 yilgacha uzaytiriladi.
5. Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish choralari yengillashtiriladi
- tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi;
- kelgusi yildan 26 ta idoraning takrorlanuvchi nazorat funksiyalari bekor qilinadi;
- barcha turdagi tekshiruvlar biznes-ombudsman bilan kelishiladi;
- jarimalar miqdori tadbirkor toʻlayotgan soliq miqdoridan oshmaydi;
- savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi;
- tekshiruvlar muddatlarini qisqartirish, moliyaviy хato va kamchiliklarning minimal chegaraviy miqdorini belgilash boʻyicha NHH qabul qilinadi;
- Savdo-sanoat palatasi hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqariladi va yangi vakolatlarga ega boʻladi:
– hukumatga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan masalani kiritadi;
– tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza beradi.
Manbaga qarang.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi