9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Institut Koreyaning ilmiy-tadqiqot instituti bilan qoʻshma ilmiy grantni bajarishga doir shartnoma tuzdi. Bunda xalqaro va chet el tashkilotlari va fondlari hamda ilmiy-texnika hamkorligi boʻyicha xalqaro bitimlar grantlari doirasida chet eldan olib kelinadigan pul mablagʻlari va asbob-uskunalar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash yuzasidan xulosa oldi.
Institut muayyan xodimlarga grant mablagʻlaridan ish haqi toʻladi. Xalqaro grantni amalga oshirishda qanday soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllaniladi: JShDS, ijtimoiy soliq, bojxona boji?”.
Savolga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:
– Soliq solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb e’tirof etiladi:
1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk;
2) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk
.
Bojxona toʻlovlari
Davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda - boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar QQS solishdan ozod etiladi
.
JShDS
NNTdan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq toʻlovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasiga JShDS solinmaydi
.
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq solinadi
. Jismoniy shaxs tomonidan grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining summalari ish haqi hisoblanmaydi. Ular jismoniy shaxsning boshqa daromadlariga kiradi
.
Agar institut xodimlari grant beruvchidan shaxsan grant mablagʻlarini olishganda, ushbu summalardan ijtimoiy soliq toʻlanmagan boʻlardi. Biroq sizning xodimlaringiz grant mablagʻlaridan ish haqi olishsa-da, grant beruvchidan olishmaydi. Binobarin, koʻrsatilgan soliqlarni – JShDS va ijtimoiy soliqni institut ularning ish haqidan hisoblashi va byudjetga toʻlashi shart.
- Qanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi;
- JShDS solish ob’yekti va uning soliq bazasini aniqlash tartibi;
- Qanday daromadlardan ijtimoiy soliq toʻlanadi;
- Ijtimoiy soliqni toʻlashda koʻzda tutilgan imtiyozlar;
- Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash mumkin.
![]()