20 sentyabr

preview

• 2022 yil avgust oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1–4-q.);

• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini (SK 448-m. 3-q.):

       – 2022 yil sentyabr oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI;

       – 2022 yilning III choragi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI; 

• 2022 yil avgust oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning SOʻNGGI KUNISoliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1–2-q.);

• 2022 yil avgust oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3–4-q.).

• 2022 yil avgust oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1–2-q. SK 259-m.) *.

• 2022 yil avgust oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5–6-q.);


QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text183922_20_sentyabr