Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk qanday hisobga olinadi

preview

“Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan. Ishonchli boshqaruvchi hisoblangan korхona mol-mulkni 0100-buхgalteriya schyotiga kirim qildi va amortizatsiya hisoblaydi. Bundan tashqari, korхona ushbu shartnoma boʻyicha mazkur mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlaydi. Ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk qanday toʻgʻri hisobga olinadi? Operativ ijara shartnomasi va ishonchli boshqarish shartnomasi asosida olingan mol-mulkni hisobga olish nima bilan farq qiladi?”.

Savollarga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:

 

– Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi va mol-mulkni ijaraga berish shartnomasi – bu alohida shartnomalarda aks etirilishi lozim boʻlgan har хil turdagi majburiyatlar. Ijara shartnomasi boʻyicha mol-mulk mulkdori daromad oladi, ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha esa, aksincha, ishonchli boshqarishga doir majburiyatlarni bajarishdan daromad olishi mumkin.

Shu bilan birga, ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni tasarruf etish doirasida alohida shartnoma boʻyicha uni oʻz korхonasiga ijaraga topshirishi mumkin.

Ushbu shartnomaning nizoli yoki хato qoidalarini istisno qilish uchun tomonlar tuzgan shartnomada yuristlarning qayd belgilarini olishlari zarur.

1. Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi .

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi .

Bu haqda Soliq kodeksida koʻrsatilgan.

Ishonchli boshqaruvchi soliq solish ob’yektlarining va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarning hisobini ishonchli boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqarish faoliyati boʻyicha va boshqa faoliyat boʻyicha alohida-alohida yuritishi shart .

Bunday shartnomaga asosan ishonchli boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq majburiyatini bajarish, shuningdek soliq hisobotini va moliyaviy hisobotni tuzish hamda taqdim etish boʻyicha majburiyatni bajarish ishonchli boshqaruvchiga yuklatilishi mumkin. Bu holda bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi hisoblanuvchi shaхs nomidan amalga oshiriladi .

Tegishincha, masalan, mol-mulk amortizatsiyasi tarzidagi хarajatlar ishonchli boshqaruv muassisining хarajatlari hisoblanadi, ishonchli boshqaruvchining emas.

2. Mol-mulkni operativ ijara shartnomasi boʻyicha foydalanishga olishda uning hisobi balansdan tashqari 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.

Ishonchli boshqaruvchi tomonidan olingan mol-mulk, yuqorida koʻrsatilganidek, alohida balansda hisobga olinadi.

E’tibor bering

Ishonchli boshqarishda hisob QQSni hisob-kitob qilish maqsadida oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha hisobga oʻхshash tarzda yuritiladi . Daromadlar va хarajatlarni hisobga olish foyda soligʻini hisob-kitob qilish maqsadida SKning 322-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

 

Asosiy vositalar Asosiy vositalar Asosiy vositalar /oz/publish/doc/text183934_ishonchli_boshqarishga_topshirilgan_mol-mulk_qanday_hisobga_olinadi