9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Korxona turfirma bilan shartnoma tuzdi va xodimlarining togʻ yon bagʻrida dam olishi uchun toʻlovni amalga oshirdi. Turfirma “mehmon uyida yashash va dam olish” formulirovkasi bilan EHF taqdim etdi.
Xodimlarning bunday tarzda dam olishi uchun toʻlovga JShDS va ijtimoiy soliq solinadimi? Buni “Norma” eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:

– Ish beruvchining bayram tantanalarini oʻtkazish xarajatlari va xodimlarning dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari:
Agar daromad olgan xodimlar doirasini va muayyan xodimning daromadini aniqlashning imkoni boʻlmasa, korxona ushbu normadan foydalanishga haqli.
Shuningdek, 2018 yil 10 fevraldan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchining turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sub’yektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun Oʻzbekiston boʻylab turistik turlarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida koʻrib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqishda chegirib tashlanadi
.
Siz mazkur preferensiya va JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqlisiz, agar:
- turizm xizmatlarini taqdim etgan turfirma turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlsa;
- siz tomondan sotib olingan xizmatlar tur sifatida hisobga olinsa.
Ish beruvchining bunday xarajatlari JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotda aks ettirilmaydi.
Agar xodimlarning dam olishi keltirilgan shartlarga javob bermasa
Bu holda xodimlar moddiy naf tarzidagi daromad olishadi. Daromadning ushbu turiga
:
- JShDS va ShJBPHga majburiy badallar solinadi;
- ijtimoiy soliq solinmaydi.
Bunday vaziyatda moddiy naf tarzidagi daromadlarni quyidagi tarzda aks ettiring:
- JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida – Hisob-kitobga 6-ilovada va shu Hisob-kitobning 012-satrida. Moddiy naf tarzidagi daromadlarni Hisob-kitobning 011 va 0110-satrlarida koʻrsatmang, sababi ular mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga kirmaydi
; - Foyda soligʻi hisob-kitobida – Hisob-kitobga 2-ilova 0119-satrining 3 va 4-ustunlarida.
![]()