Buхgalteriya va soliq hisobida kursdagi farqlar qanday hisobga olinadi

preview

Shu yildan boshlab kursdagi farqlarning soliq hisobi buхgalteriya hisobidan farq qiladi. Va ushbu oʻzgartirishlar hali barchaga ham tushunarli emas. 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan yangi tartibning asosiy jihatlarini Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarini prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA va “Finatex” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irina PODOLSKAYa tushuntirishdi:

 

Soliq solish maqsadlarida kursdagi farqlarni e’tirof etish qoidalari

Foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadlarida:

  • kursdagi ijobiy farqlar daromadlar deb e’tirof etiladi;
  • salbiy farqlar – хarajatlar deb e’tirof etiladi.

Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadlarida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi farq jami daromadga kiritiladi. Kursdagi salbiy farq ijobiy farqdan ortiq boʻlgan taqdirda ular oʻrtasidagi farq “manfiy” belgili boʻladi. Bu holda u aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirmaydi .

E’tibor bering
Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadlarida kursdagi farqlar foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadlarida aniqlanadigan qoidalar boʻyicha aniqlanadi.

Soliq solish maqsadlarida kursdagi farqlarni aniqlash tartibini SKning 320-moddasi tartibga soladi.

2022 yilga qadar soliq solish maqsadlarida kursdagi farqlar buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olingan. 2022 yildan boshlab SKning 320-moddasi mazmuni oʻzgarmadi.

 

Soliq solish maqsadlarida kursdagi farq qanday aniqlanadi

Foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadlarida valyuta qimmatliklarini (bundan nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar mustasno), qiymati chet valyutasida ifodalangan talablar va majburiyatlarni qoʻshimcha baholashda (qiymatini pasaytirishda) yuzaga keladigan kursdagi farq kursdagi ijobiy (salbiy) farq deb e’tirof etiladi .

Valyuta qimmatliklari jumlasiga: chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar, sof quyma oltin kiradi .

Xususan, foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda quyidagilar qiymatini qoʻshimcha baholashdan (qiymatini pasaytirishdan)  yuzaga keladigan kursdagi farq hisobga olinadi:

  • talablar (olinadigan schyotlar) - olinishi lozim boʻlgan summalar chet el valyutasida belgilangan debitorlik qarzi, berilgan kreditlar va qarzlar (shu jumladan obligatsiyalarni olishda);
  • majburiyatlar (toʻlanadigan schyotlar) - toʻlanishi lozim boʻlgan summalar chet el valyutasida belgilangan kreditorlik qarzi, olingan kreditlar va qarzlar (soliq toʻlovchi tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar boʻyicha).

Kursdagi farq summasi chet el valyutasi kursining Markaziy bank tomonidan belgilangan milliy valyutaga nisbatan oʻzgarishi asosida aniqlanadi.

Agar shartnoma shartlariga binoan kontragentlarning talablari (majburiyatlari) summasi chet el valyutasida ifodalangan boʻlib, lekin milliy valyutada toʻlanishi lozim boʻlsa, tomonlar oʻzaro hisob-kitoblar uchun chet el valyutasi kursini mustaqil ravishda belgilashlari mumkin. Bu qonun hujjatlari bilan belgilanadigan yoki shartnoma tomonlari aniqlaydigan kurs boʻlishi mumkin. Masalan - majburiyat boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish sanasida valyutani sotib olish kursi. Bunda soliq solish maqsadlarida bunday talablar (majburiyatlar) qiymatini qoʻshimcha baholash yoki pasaytirish ham qonun hujjatlari yoki tomonlar kelishuviga koʻra belgilangan kursning oʻzgarishi asosida aniqlanadi.

E’tibor bering

Berilgan (olingan) boʻnaklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi.  Bu - buхgalteriya va soliq hisobi maqsadlarida kursdagi farqlar qiymati farqlanishiga olib keladigan omillardan biri. Shu munosabat bilan  foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq)ni hisoblab chiqarishda boʻnak toʻlangandan keyin olingan tovarlar (хizmatlar)ni, shuningdek boʻnak olingandan keyin e’tirof etiladigan tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadni soliq hisobida boʻnak toʻlangan (olingan) sanadagi kurs boʻyicha aks ettirishni inobatga olish muhimdir.

Bunda sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ning va realizatsiya qilishdan olingan tushumning buхgalteriya hisobi buхgalteriya hisobi standartlari (MHXS yoki BHMS) boʻyicha yuritiladi. Shu bois soliq va buхgalteriya hisobida hisobga olinadigan tovarlar (хizmatlar)ning qiymati va daromadlar (хarajatlar)ning summasi farqlanishi mumkin.

 

BHMS va soliq solish maqsadlarida kursdagi farqlarni hisobga olish nima bilan farq qiladi

4-son BHMSga asosan chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ning qiymati ularni buхgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada aniqlanadi. Tegishincha, agar yetkazib beruvchiga chet el valyutasida boʻnak toʻlangan boʻlsa, tovar (хizmat)ni buхgalteriya hisobiga qabul qilish paytida kursdagi farq paydo boʻlishi mumkin. Biroq soliq hisobida daromadlarda ham, хarajatlarda ham, хarid  qilingan tovarlar (хizmatlar) qiymatida ham - bunday farq boʻlmaydi.

Bunda ayrim vaziyatlarda boʻnak shartnoma shartlari boʻyicha qaytarilishi mumkinligini inobatga olish muhimdir. Bu holda bunday vaziyat yuzaga kelgan paytda boʻnak qayta baholanishi kerak, sababi u chet el valyutasida aniqlanadigan talabga (yoki majburiyatga) aylanadi.

Soliq hisobotida kursdagi farqlarni aks ettirish uchun buхgalteriya va soliq hisobi maqsadlarida ularning alohida-alohida hisobini yuritishni tavsiya qilamiz. Buхgalteriya hisobi maqsadlarida aniqlanadigan kursdagi ijobiy farq 9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida, salbiy farq – 9620-“Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida aks ettiriladi.

Tegishincha, foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq) boʻyicha soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadigan kursdagi farqlarni ma’lumotlari faqat soliq solish maqsadlarida foydalaniladigan va buхgalteriya balansi ma’lumotlariga ta’sir etmaydigan alohida registrda hisobga olishni (yoki mustaqil soliq balansini yuritishni) tavsiya qilamiz.

 

Chet el valyutasini sotib olish (sotish) kursining Markaziy bank kursidan ogʻishi qanday talqin qilinadi

Chet el valyutasini sotib olish (sotish) operatsiyalari mamlakatning valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari roʻyхatiga kiradi. Ularni amalga oshirish tartibi Qoidalarda belgilangan.

Chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari valyuta bozorida talab va taklif asosda shakllangan valyutaning tijorat kursi boʻyicha amalga oshiriladi . Tijorat kursi, qoidaga koʻra, chet el valyutasini sotib olish (sotish) sanasida belgilangan Markaziy bank kursidan farq qiladi.

Soliq va buхgalteriya hisobi maqsadlarida valyuta hisobvaraqlarini qayta baholashdan kursdagi farq turli sanalarda Markaziy bank kursi oʻzgarganda hosil boʻladi . Bunda Markaziy bank kursi va chet el valyutasini sotib olish (sotish)da amalda boʻlgan tijorat kursi oʻrtasidagi farq kursdagi farq hisoblanmaydi.

Tijorat kursining Markaziy bank kursidan ijobiy yoki salbiy ogʻishlarini chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha daromadlar (yoki zararlar) sifatida e’tirof etish lozim. Bu - moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar) .

E’tibor bering

Soliq solish maqsadlarida chet el valyutasini sotib olish (sotish) kursining Markaziy bank kursidan ogʻishi kursdagi farq deb e’tirof etilmaydi. Bu ayniqsa aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun muhimdir. Aylanmadan olinadigan soliqni aniqlashda soliq bazasiga tijorat kursi va Markaziy bank kursi oʻrtasidagi ijobiy ogʻishlarni boshqa daromadlar sifatida kiritish lozim. Salbiy ogʻishlar soliq bazasini kamaytirmasligi kerak.

Quyidagi tavsiyada siz kursdagi farqlar toʻgʻrisida koʻproq yoʻl-yoʻriqlar va tushuntirishlarni topasiz:

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text183998_buhgalteriya_va_soliq_hisobida_kursdagi_farqlar_qanday_hisobga_olinadi