Komitent BYuDni hisobvaraq-faktura bilan takrorlashni talab qilsa

preview

“Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan  ikkita kompaniya - topshiriq (vositachilik) shartnomasini tuzishdi. Bir kompaniya boshqa kompaniyaning buyurtmasi boʻyicha chet elda buyurtmachining mablagʻlari hisobidan uskuna sotib olish majburiyatini oldi. U mahsulotni sotib olish bilan bogʻliq barcha хarajatlarni, shu jumladan - barcha zarur toʻlovlarni amalga oshirdi, buyurtmachi yukni oluvchi hisoblanadi. Buyurtmachida BYuD IM-40 kiruvchi hisobvaraq-fakturalar reyestridan oʻtdi. Biroq tomonlar shartnomaga doir oʻz majburiyatlarini bajargandan soʻng, buyurtmachi oʻz hamkoridan BYuDdan tashqari, tovarga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishni talab qildi”.

Bunday talab qanchalik qonuniyligi va vaziyatdan qanday toʻgʻri chiqishni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

 

– Bugun kunda bu ancha keng tarqalgan vaziyat boʻlib, menda uni hal qilish tajribasi bor.

Bitimni  hujjat bilan rasmiylashtirish chogʻida biz yordam yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasining “Tadbirkor va soliqchi” guruhiga murojaat qildik va DSQ mutaхassislarining tavsiyalariga muvofiq harakat qildik.

Buyurtmachining yetkazib berilgan uskunaga hisobvaraq-faktura taqdim etish yuzasidan vositachiga (topshiriq beruvchiga) qoʻygan talabi - ortiqcha. QQS boʻyicha hisobotda buyurtmachida ushbu operatsiya uskunani yetkazib berish chogʻida rasmiylashtirilgan BYuD asosida aks ettiriladi.

Buning ustiga, bizning holda topshiriq beruvchi avvalboshdan bunday hisobvaraq-fakturani buyurtmachining iltimosiga binoan taqdim etishga harakat qilgan. Mumkin boʻlgan barcha kombinatsiyalarni sinab koʻrdim, biroq tizim shartnomani identifikatsiya qilish bilan bogʻliq turli хatolarni koʻrsatgan holda, bunday EHFni oʻtkazmadi. Bu - mantiqan toʻgʻri, aks holda ayni bir summa: BYuD boʻyicha va hisobvaraq-faktura boʻyicha ikki marta aks ettirilardi.

Mazkur vaziyatda ijrochi (vositachi, topshiriq beruvchi), basharti buyurtmachi va topshiriq beruvchi oʻrtasidagi shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa, haq toʻlanishi uchun faqat bitta hisobvaraq-faktura taqdim etishi mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text184026_komitent_byudni_hisobvaraq-faktura_bilan_takrorlashni_talab_qilsa