Foydalanilmayotgan koʻchmas mulk egalarini nima kutmoqda

preview

2022 yil 1 iyuldan boshlab boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va boshqa shunga oʻхshash ob’yektlarga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari bekor qilingan . Endi ushbu ob’yektlarga nisbatan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash mumkin. 

9 sentyabrda PF-218-son Farmon bilan ushbu normani amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

 

Eslatib oʻtamiz: norma boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga hamda ushbu ob’yektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Prezidentning 09.09.2022 yildagi PF-218-son Farmoniga muvofiq:

  1. Bekor qilingan meхanizm amal qilgan davrda hosil boʻlgan soliq qarzi hisobdan chiqariladi.
  2. Shu davrda hosil boʻlgan soliq qarzini undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.
  3. 2022 yil 1 iyuldan 2022 yil 9 sentyabrga qadar boʻlgan davrda bekor qilingan meхanizm doirasida undirilgan soliq summalari soliq toʻlovchilarga bir oy muddatda kelgusi toʻlovlar hisobiga qaytariladi.

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text184072_foydalanilmaetgan_kuchmas_mulk_egalarini_nima_kutmoqda