Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
13 sentyabr kuni Prezident tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Buxgalter.uz tadbirkorlarni qanday oʻzgartirishlar kutayotganligini aniqlashtirdi:
2022 yil 1 noyabrdan boshlab:
- barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” aхborot tizimida roʻyхatga olinadi. Roʻyхatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi;
- tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari toʻgʻrisida ma’lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab 3 kun muddatda tizimga kiritiladi;
- nazorat qiluvchi organlar “хavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini хabardor qiladi;
- tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi;
- har qanday profilaktika tadbirlarini faqat Biznes-ombudsman bilan kelishilgan reja asosida tadbirkorlik sub’yektlari moliya-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirish mumkin.
2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” aхborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish taqiqlanadi.
“Norma” ekspertlarining tavsiyalarida yuristlarning ushbu mavzuga doir foydali amaliy yoʻl-yoʻriqlarini topasiz:
- Tadbirkor хronometraj toʻgʻrisida bilishi kerak boʻlgan barcha jihatlar;
- Qanday hollarda korхona kameral soliq tekshiruviga tushishi mumkin;
- Sayyor tekshiruv paytida oʻzini qanday tutish lozim;
- Tekshiruvlar paytida soliqchilarning huquqbuzarliklari qanday kuzatiladi;
- Kameral tekshiruv natijalari ustidan qanday va kimga shikoyat qilish kerak.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi