Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2022 yil 1 iyuldan boshlab majburiy ravishda QQS toʻlovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berish tartibi joriy etildi
. DSQ mutaxassislari ushbu norma amaliyotda qanday ishlashini tushuntirishdi:
Tadbirkorlik sub’yektlari majburiy tartibda
yoki oʻz tashabbusi bilan QQS toʻlovchisi boʻlishi mumkin. Bu va boshqa holda u my3.soliq.uz da “QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish” interaktiv xizmati orqali oʻtish tartibini majburiy ravishda koʻrsatgan holda (majburiy yoki ixtiyoriy) ariza beradi.
Majburiy tartibda QQSga oʻtayotgan tadbirkorlik sub’yekti roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan zahoti – avtomatik tarzda QQS toʻlovchisi guvohnomasini oladi. Biroq bu soliq xavfi darajasini tekshirish unga taalluqli emasligini bildirmaydi.
Har qanday holda soliq organi 7 kun ichida tadbirkorlik sub’yektini soliq xavfi mezonlari boʻyicha tekshiradi
. Lekin PF-162-son Farmonning 3-bandiga muvofiq bunday tekshiruvning boshlanish muddatlari va harakatlar algoritmi oʻzgardi:
Tekshiruv asosan Markaziy ma’lumotlar bazasi, soliq organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqa ma’lumotlar bazasida avtomatik tarzda oʻtkaziladi
. Soliqchilar joyiga chiqqan holda tekshiradigan ikkita mezon bundan mustasno:
- Soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligi, koʻrsatilgan manzilning manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari boʻyicha haqiqatda mavjudligi. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
- Bank operatsiyalarini va hisobvaraq-fakturalarni soliq toʻlovchining faoliyat xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mosligi. Tekshiruv chogʻida soliq toʻlovchining hujjatlari oʻrganiladi.
Virtual ofis shartnomasini tuzgan Texnopark rezidentlariga nisbatan quyidagi tekshiruvlar oʻtkazilmaydi
:
- soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligi, koʻrsatilgan manzilning manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari boʻyicha haqiqatda mavjudligi;
- oʻz koʻchmas mulki mavjud boʻlmaganda, ijara shartnomasi mavjudligi, ushbu shartnoma soliq organida hisobga qoʻyilganligi;
- zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, soliq toʻlovchining faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvoli;
- soliq toʻlovchining joylashgan joyi manzili, soliq xavfi darajasi yuqori boʻlgan bir nechta soliq toʻlovchilar koʻrsatgan manzilda - nominal manzilda joylashishi.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi