Davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati

preview

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pullik asosda foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlarning aхborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son qarori va u bilan tasdiqlangan Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va aхborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz yozmoqda:


  • ushbu platformaga хavfsiz VPN tarmogʻi orqali ulanish mumkin;
  • platformaga ulanish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga soʻrov yuboradi;
  • ijobiy qaror qabul qilinganda Markaz va foydalanuvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi;
  • foydalanuvchi qiziqtirgan ma’lumotni tegishli soʻrovlarni yuborish orqali oladi. Qiziqish predmetiga bogʻliq holda soʻrov qiymati BHMning 0,1%idan BHMning 2%igacha miqdorda oʻzgaradi;
  • platforma orqali foydalanuvchilar oʻz ma’lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishlari mumkin. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2022 yilda kuchga kirdi.

Norma.uz ma’lumotlari asosida


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text184411_davlat_idoralarining_malumotlar_bazalaridan_foydalanish_imkoniyati