MHXSga oʻtgan korxonalarga qanday Schyotlar rejasi zarur

preview

Moliya vazirligi tamoman yangi tuzilma va schyotlarning raqamlanishi bilan MHXS boʻyicha Schyotlar rejasi loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi (Oʻz BAMU) ekspertlari uni diqqat bilan oʻrganib chiqishdi va buxgalterlarga yaxshi ma’lum boʻlgan 21-son BHMS negizida Schyotlar rejasining muqobil variantini tayyorlashdi. Ular xalqaro standartlarga asosan axborotni oshkor etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha schyotlarni kiritgan holda, odatdagi tuzilma va raqamlashni saqlab qolishdi. 

Oʻz BAMU ekspertlari aynan bunday Schyotlar rejasi xalqaro va milliy standartlar boʻyicha schyotlar ma’lumotlarining solishtirilishini ta’minlashi mumkin deb ishonishadi. Bu MHXSga ancha ravon oʻtish va MHXS boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida avtomatlashtirilgan dasturlarni qayta sozlash xarajatlarini minimallashtirish imkonini beradi.

 

Oʻz BAMU ekspertlari quyidagilar taklif qilingan Schyotlar rejasi loyihasining afzalliklari deb hisoblashadi:

  • MHXS boʻyicha Schyotlar rejasiga oʻtishda moliyaviy hisobning avtomatlashtirilgan dasturlarini (“1S-Buxgalteriya” va boshqalar) moslashtirishga minimal xarajatlar;
  • 21-son BHMS Schyotlar rejasining qulay tuzilmasining saqlab qolinishi va bir vaqtning oʻzida MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni transformatsiya qilish uchun boʻsh schyotlarning ishga solinishi;
  • yaqin kelajakda barcha korxonalarning MHXSga oʻtishini hisobga olgan holda – Oʻzbekistonning barcha korxonalari –  kichik va yirik korxonalar uchun buxgalteriya hisobi schyotlarining odatdagi namunaviy tuzilmasi va raqamlanishining saqlab qolinishi.

21-son BHMS boʻyicha Schyotlar rejasining muqobil variantini ishlab chiquvchilar tomonidan keltirilgan dalillarni tasdiqlash uchun Oʻz BAMU moliyaviy hisob mutaxassislari va auditorlar orasida Google-ovoz berishni oʻtkazdi. Soʻrovda 115 kishi ishtirok etdi. Quyida uning natijalarini havola etamiz:

Tezis

Soʻrov natijalari

Ha

Yoʻq

  • MHXSni qoʻllaydigan korxonalar uchun buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini amaldagi 21-son BHMS asosida tayyorlash maqsadga muvofiqdir

101

14

  • MHXSni qoʻllaydigan korxonalar uchun buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi tavsiyaviy tusga ega boʻlishi kerak

83

26

  • Har bir korxona qoʻllaniladigan buxgalteriya hisobi Ishchi schyotlar rejasini – keyinchalik zarurat boʻlganda yangilagan holda tasdiqlashi shart

81

34

  • MHXSni qoʻllaydigan korxonalar uchun buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi Moliya vazirligi tomonidan buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi

76

19

  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish davriyligi va muddatini har yillik asosda 15 iyunga qadar etib belgilash maqsadga muvofiqdir

63

51

  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni davlat soliq xizmati  organlariga 2025 yildan boshlab har chorakda va yil yakunlari boʻyicha taqdim etish maqsadga muvofiqdir

39

76

  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotning namunaviy shakllari Moliya vazirligi tomonidan buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi

91

24

  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan qoʻllash uchun taklif etiladi va tavsiyaviy tusga egadir

82

33

  • MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari MHXSni qoʻllaydigan korxonalar uchun standart tarzda va yagona boʻlishi kerak emas

64

49

  • Korxonalarda MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlashda MHXSga asosan ma’lumotlar mavjud boʻlmagan satrlarni chiqarib tashlash huquqi boʻlishi kerak

97

18

  • Korxonalarda MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlashda MHXSga asosan ma’lumotlarni oshkor qilish uchun qoʻshimcha satrlarni qoʻshish huquqi boʻlishi kerak

102

13

Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi barcha manfaatdor mutaxassislarga yuqorida keltirib oʻtilgan Google-ovoz berish natijalarini konstruktiv tarzda muhokama qilishni va u yoki boshqa loyiha yuzasidan zarur dalillarni bayon etishni taklif qiladi.

Minovar TULAXODJAYeVA,

Oʻz BAMU Kengashi raisi


MHXS: buxgalteriya hisobi — maslahatlar MHXS MHXS (buxgalteriya hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text184523_mhhsga_utgan_korhonalarga_qanday_schetlar_rejasi_zarur