My.soliq.uz saytining «Moliyaviy hisobot» boʻlimida MHXSga oʻtgan tashkilotlar uchun hisobot shakllari paydo boʻldi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 08.10.2024 y. 181-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan). Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
MHXS standartlari izchillikni ta’minlash orqali xalqaro moliya bozorlari va u yerdagi kompaniyalarga ishonchni mustahkamlaydi. Bu haqda PhD, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshligʻi Otabek Otaqulovich Barakayev oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. ...
Soliq qoʻmitasi saytida yangi Yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati e’lon qilindi - u avvalgisidan ikki barobar kam. Shu bilan birga, regulation.gov.uz portalida "Buxgalteriya hisobi tizimini yanada takomillashtirish va uni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi prezident qarori loyihasi (ID-101485) muhokama qilinmoqda. ...
Turli tarmoqlar korxonalari buxgalterlari va OTM oʻqituvchilari MHXS asosida moliyaviy hisobni yuritadigan tashkilotlar buxgalteriya hisobining qaysi schyotlar rejasidan foydalanishi kerak deb soʻrashmoqda.
Oʻz BAMU raisi Minovar TULAXODJAYeVA tavsiyalar berdi:
Muhim yangiliklar va tushuntirishlarni ...
ASSA “DIPifr-rus” imtihoniga tayyorlanishni harbiy xizmat bilan tenglashtirish mumkin, deb hisoblaydi yirik xalqaro kompaniyaning bosh buxgalteri Seyran OSMANOV.
Hamma ham birinchi urinishda imtihonni topshira olmaydi... Shu bois buxgalter.uz Seyrandan oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashishni iltimos qildi. Uning ba’zi maslahatlarini oʻqitish tashkilotchisi – “Norma” PRM ham e’tiborga oladi: ...
MHXSga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha my.soliq.uzda soliq hisoboti shakllarida topshirishning turli muddatlari koʻrsatilgan. Hisobot shakli oldida hisob-kitobni topshirish muddati sifatida “15.06.2023 y.” sariq fonda koʻrsatilgan, xuddi shu sahifada shakl ostidagi izohda – “hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechikmay”, deb koʻrsatilgan.
“Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi. ...
“Korxona buxgalteriya hisobini BHMS boʻyicha yuritadi va bir vaqtning oʻzida MHXSga oʻtishni boshladi. Kelgusi davr xarajatlarini (3100-schyot) tan olish va ularni davr xarajatlariga olib borish (xarajatlarga olib borish davriyligi toʻgʻrisida), shuningdek – davr xarajatlarini hisobotda BHMS va MHXS talablariga muvofiq aks ettirish tartibini tushuntirishingizni soʻraymiz”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati departamentining tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari buxgalteriya hisobi uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi: ...
Oʻzbek tilidagi MHXS matnlari Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgach normativ hujjatlarga aylandi. MHXSga oʻtgan barcha tashkilotlar ularga amal qilishlari shart. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisidagi Moliya vazirligining buyrugʻi, AV roʻyxat raqami 3400, 2022 yil 13 dekabrda kuchga kirgan. ...
2019 yildan 16 IFRS «Ijara» standarti kuchga kirgan. U ijarachida ijara shartnomalarini tan olish, baholash, taqdim etish va hisobotda ochib berish qoidalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi.
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra «BAKER TILLY TASHKENT» MChJ AJ auditori, DipIFR ASSA Tatyana ANISIMOVA ijarachilar 16 IFRS ni qanday qoʻllashlari yuzasidan tushuntirish berdi: ...
Ma’lumki, kichik va oʻrta korxonalar buxgalterlari 2024 yildan boshlab yangi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) boʻyicha hisobni yuritishadi va moliyaviy hisobotni tayyorlashadi. BHMS esa, tegishincha, tarixda qoladi.
MHMSga asos qilib “Kichik va oʻrta biznes uchun MHXS” olingan boʻlib, u BHMSdan bir qator qoidalar bilan toʻldirilgan. Bunda yangi standartga buxgalterlar Oʻzbekistonda duch kelmaydigan qoidalar – giperinflyatsiya, aksiya asosida toʻlash va boshqalar kiritilgan. Nima uchun bunday qoidalar va umuman MHMS kerakligini OTB maslahatchisi Ian RITChIYe tushuntirdi: ...
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtilgani munosabati bilan buxgalterlarga Hisobvaraqlar rejasining ikkita loyihasidan biri: butkul yangi tuzilmaga va raqamlarga ega hisobvaraqlar berilgan Moliya vazirligi loyihasi hamda buxgalterlarga yaxshi tanish boʻlgan 21-son BHMS bazasidagi Oʻz BAMU muqobil variantini tanlash taklif etildi. Bu haqda bu yerda batafsil yozgan edik.
Muhokama qilish muddati tugamoqda. Buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha mutaxassislar ushbu ikkita loyihadan qaysi birini tanlaydilar? ...
Bugungi kunda buxgalteriya hisobining 23 ta milliy standartlari (BHMS), shu jumladan, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos tasdiqlanib, roʻyxatga olingan. Mazkur BHMSlar uzoq yillar davomida konseptual jihatdan oʻzgartirilmagan. Bugungi kunda mazkur standartlar eskirgani va nima uchun uni zamon talabi darajasiga moslashtirish zarurligi xususida Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti direktori Ibrohim Ahmadxonov tushuntirish beradi. ...
30 sentyabr kuni Moliya vazirligi Moliyaviy hisobot milliy standarti (MHMS) loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. U 2024 yil 1 yanvardan boshlab kichik va oʻrta korxonalar uchun buxgalteriya hisobi milliy standartlarining oʻrnini bosishi kerak.
Buxgalter.uz ushbu hujjatning rus tilidagi tarjimasi bilan tanishishni taklif etadi: ...
Kichik va oʻrta korxonalar buxgalterlari 2024 yildan boshlab yangi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) boʻyicha hisob yuritishadi va moliyaviy hisobotni tayyorlashadi. U 1990-yillar oxiridan amalda boʻlgan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini almashtiradi.
Moliya vazirligi MHMS loyihasini muhokama uchun joylashtirdi. Gap 24 ta standartni bitta standartga mexanik tarzda birlashtirish haqida emas, balki MHXSga muvofiq BHMSni uygʻunlashtirish boʻyicha jiddiy qadam haqida bormoqda. MHMSga asos qilib BHMSdan qator qoidalar bilan toʻldirilgan “Kichik va oʻrta biznes uchun MHXS” xalqaro standarti olingan.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
Moliya vazirligi tamoman yangi tuzilma va schyotlarning raqamlanishi bilan MHXS boʻyicha Schyotlar rejasi loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi (Oʻz BAMU) ekspertlari uni diqqat bilan oʻrganib chiqishdi va buxgalterlarga yaxshi ma’lum boʻlgan 21-son BHMS negizida Schyotlar rejasining muqobil variantini tayyorlashdi. Ular xalqaro standartlarga asosan axborotni oshkor etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha schyotlarni kiritgan holda, odatdagi tuzilma va raqamlashni saqlab qolishdi.
Oʻz BAMU ekspertlari aynan bunday Schyotlar rejasi xalqaro va milliy standartlar boʻyicha schyotlar ma’lumotlarining solishtirilishini ta’minlashi mumkin deb ishonishadi. Bu MHXSga ancha ravon oʻtish va MHXS boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida avtomatlashtirilgan dasturlarni qayta sozlash xarajatlarini minimallashtirish imkonini beradi. ...
Moliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarini MHXSni qoʻllash jarayonida qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Axborot xatini e’lon qildi. U Buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi va MHXS asosidagi moliyaviy hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi. Biroq regulyator hamma savollarga ham javob bermagan va bu avvalgidek tadbirkorlarni bezovta qilmoqda.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) sharhlab berdi: ...
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo inspeksiya MHXSga oʻtgan korxonalarga 2021 yil uchun topshirilmagan auditorlik xulosasi boʻyicha “suhbatga taklifnoma” yoʻlladi. Mazkur vaziyatda soliq toʻlovchilar qanday yoʻl tutishi lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) soʻzlab berdi: ...
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida MHXSga oʻtgan yuridik shaxslar uchun soliq hisoboti shakllarida Hisob-kitobni topshirishning soʻnggi kuni belgilangan - 15.06.2022 yil.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) sharhlab berdi: ...
15 iyun yaqinlashgani sari Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi MHXSga oʻtgan korxonalarni auditorlik xulosalarini topshirishga shoshiradi. Biroq, auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan oldin, bunday korxonalar MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni topshirishlari kerak. Biroq shakllar hali tasdiqlanmagan. Binobarin, aftidan, risoladagidek auditorlik xulosasini, hech kim muddatida topshira olmaydi.
Moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq toʻlovchilar bunday vaziyatda qanday harakat qilishlari lozimligi haqida soʻzlab berdi: ...
Butun dunyoda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt rivojlanishi sababli hisob yuritish jarayonining katta qismi avtomatlashganini koʻramiz. Zamon taraqqiyoti buxgalterlardan moliyaviy hisobotlarni foydalanuvchilarga samarali usulda taqdim etishni talab qilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi departamenti direktorining oʻrinbosari Ibrohim AHMADXONOV soʻzlab berdi. ...