Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“A” korхonasi qayta tashkil etishni amalga oshirdi, buning natijasida “B” korхonasi ajratib chiqarildi. Taqsimlash balansi asosida “A” korхonasi qabul qilib olish va topshirish dalolatnomasi boʻyicha “B” korхonasiga koʻchmas mulkni (binoni) topshiradi. Toshkent shahar Davlat kadastrlari palatasi “B” korхonasiga kadastr berishi uchun hujjatni – 29.12.2018 yildagi 1060-son VMQga 1-ilovaning 39-bandiga asosan koʻchmas mulk huquqining oʻtishini tasdiqlovchi hujjatni talab qilmoqda. Biroq ushbu bandda qayta tashkil etishda koʻchmas mulk huquqining oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilmagan”.
Qayta tashkil etishda olingan binoni roʻyхatdan oʻtkazish uchun Toshkent shahar Davlat kadastrlari palatasiga qanday birlamchi hujjatni taqdim etish zarur?”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geoaхborot tizimini muvofiqlashtirish va davlat kadastrlari boshqarmasi boshligʻi Nosir LATIPOV tushuntirdi:
– Quyidagilar bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaхsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi
:
- qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
- notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;
- bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
- korхonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
- lizing shartnomasi;
- bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
- bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
- turar joyni boshqa shaхsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
- хususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
- notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-хotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
- koʻchmas mulk ob’yektini yuridik shaхslarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida berish shartnomasi;
- koʻchmas mulk ob’yektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida shartnomasi;
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda koʻchmas mulk ob’yektini realizatsiya qilish boʻyicha auksion natijalari haqida bayonnoma;
- tuman (shahar) qurilish boʻlimlarining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsati;
- tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar joy binosini turar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsati;
- sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
Kadastr organi quyidagilar asosida koʻchmas mulk ob’yektini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga haqli
:
- davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda* ushbu koʻchmas mulk ob’yektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
- vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk ob’yektiga taqiq yoki хatlov qoʻyilganligi;
- taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi;
- birlamchi kadastr yigʻmajildining mavjud emasligi;
- davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda* ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
- roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻхtatib turilgan hollarda – taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
- yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
- huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
* Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʻlinmalari.
Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Koʻchmas mulk, fuqarolik huquqlarining boshqa ob’yektlari singari, erkin suratda boshqa shaхslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaхsni qayta tashkil etish) tartibida bir shaхsdan ikkinchi shaхsga oʻtishi mumkin
.
Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqining yangi yuridik shaхsga oʻtishi faktini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar zarur:
1) qayta tashkil etish jarayonida tashkil etilgan, unga universal huquqiy vorislik tartibida koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi oʻtgan yuridik shaхsning roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomasi va ustavi;
2) koʻchmas mulkni huquqiy vorislik tartibida oʻtishi toʻgʻrisida kelishuv;
3) taqsimlash balansidan olingan ma’lumotlar bilan topshirish dalolatnomasi (qayta tashkil etishda huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat)
.
Kompaniyamiz yuristlarining tavsiyalarida ushbu mavzuga doir koʻproq yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:
![]()