Kompaniyalar va tadbirkorlar birgalikdagi loyiha uchun pul, uskuna va texnologiyalarni alohida yuridik shaxs tashkil etmasdan tobora koʻproq birlashtirmoqdalar. Fuqarolik kodeksi bunday hamkorlikni oddiy shirkat deb ataydi. Birinchi marta bunday shartnomaga duch kelgan buxgalter bir vaqtning oʻzida uchta vazifani hal qilishi kerak: shartnomani toʻgʻri rasmiylashtirish, birgalikdagi faoliyat uchun kim va qanday soliqlar toʻlashini aniqlash hamda umumiy ishlarni sheriklardan biri yuritadigan boʻlsa, buxgalteriya hisobini qanday yuritishni tushunish.
Buxgalter bilishi kerak boʻlgan qoidalar va nozik jihatlarni buxgalter.uz saytida tushuntirib beramiz. ...
Qoʻshib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda hammasi oson: balanslarni moddalar boʻyicha qoʻshasiz va hammasi tayyor boʻladi, deb oʻylashadi koʻpchilik. Aslida ham shundaymi?
Qoʻshib yuborishda hujjatlarni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Qoʻshib yuborish shaklidagi qayta tashkil etish qanday soliq oqibatlariga sabab boʻladi va qayta tashkil etilayotgan korxonalar soliq tekshiruvidan oʻtkazilishi kerakmi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga “ADM ACCOUNTING SOLUTIONS” konsalting kompaniyasi ta’sischisi, auditor Darina ABUXOVICh javob beradi. ...
“A” korxonasi qayta tashkil etishni amalga oshirdi, buning natijasida “B” korxonasi ajratib chiqarildi. Taqsimlash balansi asosida “A” korxonasi qabul qilib olish va topshirish dalolatnomasi boʻyicha “B” korxonasiga koʻchmas mulkni (binoni) topshiradi. Toshkent shahar Davlat kadastrlari palatasi “B” korxonasiga kadastr berishi uchun hujjatni – 29.12.2018 yildagi 1060-son VMQga 1-ilovaning 39-bandiga asosan koʻchmas mulk huquqining oʻtishini tasdiqlovchi hujjatni talab qilmoqda. Biroq ushbu bandda qayta tashkil etishda koʻchmas mulk huquqining oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilmagan”.
Qayta tashkil etishda olingan binoni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Toshkent shahar Davlat kadastrlari palatasiga qanday birlamchi hujjatni taqdim etish zarur?”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va davlat kadastrlari boshqarmasi boshligʻi Nosir LATIPOV tushuntirdi: ...
Agar korxonani qayta roʻyxatdan oʻtkazish lozim boʻlsa, sizga soliqlarni toʻlash va soliq hisobotlarini topshirish bilan bogʻliq e’tirozlar boʻlmasligi uchun qaygʻuring. Yangi qoidalarga binoan ular aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tafsilotlarni tushuntirdi: ...
Shunday vaziyatlar boʻladiki, faoliyat koʻrsatayotgan korxonadan yangi xoʻjalik yurituvchi sub’yektni ajratib chiqarish biznes uchun eng yaxshi yoʻl boʻladi. Bunday strategiyaning ijobiy jihatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Arkad Audit” konsalting kompaniyasi ta’sischisi Natalya TURALINOVA soʻzlab berdi: ...
«Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi «A» korxonasi aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan «V» korxonasiga qoʻshib olindi. Bundan keyin xorijiy hamkor «S» korxonasi «A» korxonasidan import shartnomasi boʻyicha qarzni soʻradi.
Ushbu holat «V» korxonasining aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oid huquqiga ta’sir koʻrsatadimi? U «A» korxonasining import shartnomasi boʻyicha voz kechilgan qarzi boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi lozimmi?».
Savollarga «Norma» kompaniyasi eksperti Tatyana LIMAREVA javob beradi: ...
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonani qayta tashkil etish natijasida QQS toʻlovchisi boʻlmagan korxona roʻyxatga olindi. Unga oʻtkazilgan materiallar va asosiy vositalar boʻyicha hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish zarurmi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Korxonani qayta tashkil etishda mustaqil baholash kompaniyasi ustav fondni aniqladi. Uning miqdori sof aktivlar qiymatidan oshadi.
Ustav fondi va sof aktivlar qiymati oʻrtasidagi farqni qanday hisobga olishni Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari buxgalteriya hisobi metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA tushuntirdi: ...
JShDS boʻyicha imtiyozni yoʻqotgach, koʻp xususiy korxonalar mulkdorlari oʻz biznesining tashkiliy-huquqiy shaklini maqbullashtirishni oʻylab qoldilar. XKni MChJga qayta tuzishning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasini hujjatlar namunalari bilan yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Eleonora MAZUROVA tayyorladi: ...
QQS 15%gacha pasaytirilgandan keyin soliq organlari byudjetni toʻldirish uchun butun kuchlarini ishga solmoqdalar. Xususan, soliq majburiyati vujudga kelgan sanadan boshlab 5 yil mobaynida soliqlarni undirish huquqidan foydalanishmoqda, ular ta’sischilar almashishi va yuridik shaxslarni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarni tahlil qilishni boshlashdi. Hozir faol qoʻllanilayotgan byudjetni toʻldirishning uchta usulini koʻrib chiqamiz. ...