Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yangi nizom normalarini nobyudjet tashkilotlarida qoʻllash

preview

«Ilgari barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun amal qilgan Oʻzbekiston hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotdi. Nobyudjet tashkilotlari endi 02.08.2022 yildagi 424-son VMQ bilan tasdiqlangan Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yangi nizom normalarini qoʻllashlari kerakmi?».

MV Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlash departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatga oydinlik kiritdi: 

 

– Nizom qoidalari tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan (byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, byudjet tizimidan mablagʻ ajratiladigan belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, UFda (UKda) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslardan tashqari) tavsiyaviy xususiyatga ega .

Biroq ushbu NHHni qoʻllash uchun muhim bir asos mavjud! SK 369-m. 2-q. 8-b. muvofiq, JShDSni hisoblayotganda quyidagilar jami daromadga kiritilmaydi:

  • tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30%idan oshmaydigan miqdorda;
  • uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida;
  • tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun toʻlovlar;
  • qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun toʻlanadigan sutkalik pullar;
  • qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʻlovlar.

 

Shundan kelib chiqib, xizmat safari xarajatlaringizga «qonunchilikda belgilangan normalar doirasida» JShDS va ijtimoiy soliq solinmasligi, moddiy naf tarzidagi daromadlarga olib kelmasligi , foyda soligʻini hisoblayotganda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar xavfi ostida qolmasligi uchun  , korxonaga yangi Nizom normalarini qoʻllash tavsiya etiladi. Sutkalik pullar va yashaganlik uchun kompensatsiya normalarini korxona buyrugʻi va/yoki ichki lokal hujjati bilan, shuningdek – soliq solish maqsadida hisob siyosatida tasdiqlash ortiqchalik qilmaydi.

Yangi Nizomni qoʻllovchi korxonalar qanday xizmat safari xarajatlari normalariga rioya etishlari tavsiya etilishini koʻrib chiqamiz.

 

I. Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va u yerdan qaytish bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi miqdordagi yoʻl xarajatlari qoplanadi:

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida (shu jumladan ijaraga olingan va tijorat) yurish qiymati, taksidan tashqari :

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining rahbariyati va xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlariga barcha tariflar boʻyicha chipta qiymati

100%

Boshqa toifadagi xodimlar uchun «biznes» (havo yoʻllari transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifidan arzon boʻlgan barcha turlari boʻyicha chipta qiymati

100%

Boshqa toifadagi xodimlar uchun «biznes» (havo yoʻllari transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifi boʻyicha chipta qiymati. Qolgan qismi xodimning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi

70%

Transportda yoʻlovchilarni majburiy davlat sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar

100%

Yoʻlda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar

100%

Umumiy foydalanishdagi transport bilan (taksidan tashqari) stansiyagacha, aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa.  

Bunda kechki vaqtda yoki umumiy foydalanishdagi transport mavjud boʻlmagan taqdirda, tashkilot rahbariga xodimlar uchun yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga ega taksida yurganlik uchun haq toʻlash huquqi beriladi

100%

Tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yoʻl, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar

100%

Xizmat safari bekor qilinishi munosabati bilan xarid qilingan (yoki bron qilingan) yoʻl chiptalari qaytarib topshirilishi munosabati bilan olib qolinadigan mablagʻlar va xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan qaytarib berilmaydigan boshqa xarajatlar

100%

Yoʻl hujjatlar mavjud boʻlmaganda:

Xizmat safari yoʻlkirasiga haq toʻlash

Jamoa kelishuvi (shartnomasi), mehnat shartnomasida belgilangan, biroq har bir km ga 0,1% BHMdan kam boʻlmagan miqdorlarda.

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, Internet tarmogʻidagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat etiladi

Yoʻlda koʻrpa-toʻshak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar (tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq toʻlashga qabul qilinadi)

100%

     

 

II. Kundalik xarajatlar uchun haq jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida koʻzda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam boʻlmagan holda qoplanadi (BHMga nisbatan koeffitsiyentlarda), jami 0,35 gacha :

 

Ovqatlanish (alkogol va tamaki mahsulotlari bundan mustasno) xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) taqdim etilganda.

Bunda hujjatlarni (cheklarni) xizmat safari uchun ishlab chiqilgan maxsus mobil ilovada xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, ushbu hujjatlarni (cheklarni) taqdim etishga ruxsat etiladi.

Umumiy ovqatlanish ob’yektlarida xarid amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) xizmat safari davrining har bir kuni uchun alohida-alohida rasmiylashtiriladi.

Xodimlarning ovqatlanish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovchi byudjet tashkilotlari ushbu xodimning xizmat safari davrida kunlik ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya toʻlovi miqdoriga kamaytiradilar .

Ovqatlanish uchun haq toʻlash dalili boʻyicha, biroq bir sutkada 0,25 BHMdan ortiq emas

Boshqa xarajatlari uchun .

Sutkasiga 0,1 BHM

 

III. Mehmonxona xarajatlari quyidagi miqdorlarda qoplanadi:

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda .

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasining rahbar xodimlari, respublika darajasidagi byudjet tashkilotlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari uchun;

Byudjet tashkilotlari xizmat safariga yuborilgan xodimlarning mehmonxona xarajatlarini mehmonxonalar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda, shu jumladan elektron platforma orqali shartnoma tuzish orqali toʻlab berishi mumkin

EHF yoki chek bilan tasdiqlangan xarajat qilish dalili boʻyicha, biroq sutkasiga 3 BHMdan ortiq emas

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasining xodimlari, respublika darajasidagi byudjet tashkilotlari rahbarlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislarining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari uchun  

EHF yoki chek bilan tasdiqlangan xarajat qilish dalili boʻyicha, biroq sutkasiga 2 BHMdan ortiq emas

Boshqa xodimlar uchun

EHF yoki chek bilan tasdiqlangan xarajat qilish dalili boʻyicha, biroq sutkasiga 1,5 BHMdan ortiq emas

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda . 

Barcha toifadagi xodimlar uchun

Sutkasiga 0,2 BHM

 

Montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga:

1) Nizomning 16-bandida  nazarda tutilgan normalar boʻyicha 2 oy mobaynida kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi;

2) 2 oydan ortiq muddatga xizmat safariga yuborilganda kundalik xarajatlar uchun haq oʻrniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif stavkasining 50%i miqdorida, biroq sutka uchun Nizomning 16-bandida belgilangan normalardan yuqori boʻlmagan ustama belgilanadi.

Quyidagi xodimlarga ular montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan hollarda kundalik xarajatlar uchun haq oʻrniga tarif stavkasi yoki lavozim maoshi miqdorida ish haqiga ustamalar toʻlanmaydi:

  • montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlari amalga oshiriladigan joyda ishga olingan;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar asosida boshqa joyga oʻtkazish tartibida yuborilgan;
  • mehnat ta’tilida boʻlgan vaqtda, shuningdek sababsiz holda ishga chiqmagan kunlarda;
  • ular tomonidan montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlari amalga oshiriladigan joydan tashqarida davlat yoki jamoat ishlarini bajarish vaqtida;
  • montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarining bajarilishi nazoratini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan.

Kundalik xarajatlar uchun haq oʻrniga bunday ish haqiga ustama xodim koʻrsatilgan ishlarda ishtirok etgan har bir kalendar kun uchun toʻlanadi.

Toʻliq boʻlmagan oy uchun ustamani hisoblashdan avval toʻliq oy uchun ustamani belgilang, soʻngra ushbu summani mazkur oydagi kalendar kunlar soniga boʻling va xodim montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarida boʻlgan kunlar soniga koʻpaytiring.

E’tibor bering

Korxonaning bunday xarajatlari ham norma doirasidagi xizmat safari xarajatlari hisoblanadi. Ular jami daromadga kiritilmaydi, ularga JShDS va ijtimoiy soliq solinmaydi.

Eslatib oʻtamiz

Xizmat safariga yuborilgan xodim oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda kundalik xarajatlar uchun haq toʻlamang .

Doimiy ishi yoʻlda yoki koʻchib yurish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega boʻlgan xodimlarning xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi .

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text184932_hizmat_safarlari_tugrisidagi_yangi_nizom_normalarini_nobyudjet_tashkilotlarida_qullash