Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Reklama agentliklari promoaksiyalarini soliq va buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirish
Koʻp korxonalar reklama agentliklarining promoaksiyalariga buyurtma berish orqali ularning xizmatlaridan foydalanadilar. Har xil turdagi shartnomalarning mohiyatini va ularning soliq oqibatlarini anglamaslik soliqlar sezilarli darajada ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Arkad Audit» konsalting firmasi direktori Natalya TURALINOVA vositachilik bitimi ishtirokchilari uchun yuzlab million soʻmga tushishi mumkin boʻlgan buxgalterning xatolari haqida gapirib berdi:

– Bunga amaliyotdan misol keltiramiz: xorijiy brend xorijiy yuridik shaxsga Oʻzbekistonda brend tovarlari sotilishini ragʻbatlantirish aksiyasi doirasida sovrinlar tarqatishni uyushtiradigan reklama agentligini topish vazifasini topshirdi. Xorijiy yuridik shaxs bunday reklama agentligini topib, u bilan quyidagi shartlarda shartnoma tuzmoqchi:
1. Oʻzbekiston reklama agentligi ichki bozorda 1 150 mln soʻmga (shu jumladan QQS) sovrinlarni mamlakat hududida xarid qiladi.
2. U aksiya oʻtkazib, muayyan summaga xarid qilgan xaridorlarga sovrinlarni tarqatadi.
3. Agentlikning haqi 30 mln soʻmni tashkil etadi.
Reklama agentligi ushbu shartga rozi boʻldi, biroq sovrinlarni oluvchilarning moddiy nafidan 138 mln soʻm miqdorida JShDSni qoplashni talab qildi. Buxgalterning gapiga qaraganda, agentlik shunday soliq summasini toʻlashiga toʻgʻri keladi.
Reklama agentligi buxgalterining JShDSni qoplash qismida buyurtmachiga qoʻygan talablari qanchalik haqli ekanligini koʻrib chiqamiz. Qanday xatolar soliqlar summasi bir necha barobar oshishiga olib kelishini ham.
1-xato. Aksiya davomida tarqatiladigan sovrinlar qiymatidan JShDS
Reklama agentligi buxgalterining tushuntirishicha, u sovrin jamgʻarmasini taqsimlash bilan bogʻliq barcha tavakkalchiliklarni bartaraf etishni koʻzlab, buyurtmachidan 138 mln soʻm JShDSni qoplashini talab qilgan.
Aslida SK 369-m. 2-q. 14-b. talablari bajarilganda sovrinlar tarqatilishini JShDS solinmaydigan operatsiyalar sirasiga kiritish mumkin. Bunda JShDSni qoʻshimcha hisoblash boʻyicha soliq tavakkalchiliklari mavjud emas. Shu sababli buxgalter ushbu vaziyatda oʻzini qoʻshimcha sugʻurtalamoqda, bu buyurtmachi uchun nafaqat 138 mln soʻm qoʻshimcha sarf-xarajatni, balki, keyin guvohi boʻladiganimizdek, qoʻshimcha soliqlarni ham yuzaga keltiradi.
2-xato. Sovrinlarni bepul tarqatishdan QQS
Tovarlarni bepul berish boʻyicha aylanmaga quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda QQS solinmaydi
:
1) u daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa;
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;
3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa.
Ushbu vaziyatda sovrinlar daromad olish va reklama agentligi uchun buyurtmachi hisoblanmaydigan va u bilan bevosita shartnoma tuzmagan brendning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tarqatilmoqda. Xizmatlar xorijiy tashkilotning topshirigʻiga binoan koʻrsatilmoqda, sovrinlarning bepul tarqatilishi uning faoliyati bilan bogʻliq emas. Shu sababli soliqchilar ushbu aylanmani iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan aylanma deb tan olmay, QQSni qoʻshimcha hisoblashlari xatari mavjud.
Sovrinlarni bepul tarqatishda vositachi soliq agenti sifatida chiqishi
va byudjetga soliq toʻlashi kerak.
3-xato. Foyda soligʻi
Buxgalter bitim boʻyicha tushumlar hisobini quyidagicha yuritadi: buyurtmachidan olinadigan butun summa reklama agentligining daromadi deb e’tirof etiladi. Sovrinlar qiymati hisoblangan JShDS (138 mln soʻm) bilan birga xarajatlarga hisobdan chiqarilgan. Buxgalterning hisob-kitobiga koʻra, foyda 30 mln soʻmni (1 150 + 138 + 30 – 1 150 – 138) tashkil etadi, unga foyda soligʻi solinadi. Butun summaga QQS hisoblanadi, soʻng sovrin jamgʻarmasining kiruvchi QQS hisobga olinishi kerak.
Ushbu QQSni haqiqatan hisobga olish mumkinmi?
– Yoʻq, sababi reklama agentligi vositachi boʻlib chiqadi:
- u xorijiy buyurtmachining mablagʻlari evaziga sovrinlar sifatida tovarni xarid qiladi;
- ushbu tovar balansdan tashqarida rasmiylashtiriladi;
- u hisobga olish huquqiga ega emas.
Ya’ni agentlik QQSni ikki marta – avval Oʻzbekiston hududida tovarlarni xarid qilish chogʻida, soʻng ularni sovrinlar sifatida tarqatish chogʻida toʻlaydi.
Buxgalter sovrinlar tarqatilishini mustaqil ravishda moddiy naf tarzidagi daromad sifatida tasniflagani bois, ushbu hisobdan chiqarish avtomatik ravishda foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatga aylanadi
. Shuningdek, JShDS summasi ham
. Shu sababli aksiyaning butun qiymatiga foyda soligʻi solinadi: tovarlarni reklama maqsadida tarqatish – chegirib tashlanmaydi, JShDS – chegirib tashlanmaydi, toʻlangan haq – daromad.
Binobarin, kelib tushgan mablagʻlarning butun summasi reklama agentligi uchun foyda boʻyicha soliq bazasi boʻladi, soliq imtiyozlari boʻlmasa, soliq 177 mln soʻmni ((1 150 + 30) x 15%) tashkil etadi. Bitim shakli notoʻgʻri tanlangani va buxgalterning xatolari sababli reklama agentligi toʻlashi kerak boʻlgan jami soliqlar quyidagi miqdorni tashkil etadi:
1) tovarlarni Oʻzbekiston hududida xarid qilish chogʻida QQS – 150 mln soʻm;
2) sovrinlarni tarqatish chogʻida QQS – 150 mln soʻm;
3) sovrinlardan JShDS – 138 mln soʻm;
4) foyda soligʻi – 177 mln soʻm.
Jami – 615 mln soʻm.
Xulosa chiqaramiz: ana shu oddiy tuyulgandek bitimda reklama agentligiga qimmatga tushadigan soliqlar yuzaga keladi. Bu yoʻq joyda oʻz qoʻli bilan muammo yaratishdan boshqa narsa emas.
Minimal soliq yuki bilan bitimni amalga oshirish mumkinmi?
– Ha, bunday oqibatlarga olib keladigan barcha tavakkalchiliklar bartaraf etilsa, mumkin.
«Vositachilik bitimlarida promoaksiyalar soliq va buxgalteriya hisobida xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun» vebinarida buni qanday amalga oshirish, shuningdek boshqa yana koʻplab holatlar haqida bilib olasiz. U 20 oktyabr kuni soat 15:30 da boshlanadi.
Uning ishtirokchilari quyidagilarni testdan oʻtkazish uchun chek-varaqlar oladilar:
- buyurtmachi va agentlik oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar qoidalari – umuman va buyurtmachining mablagʻlari evaziga xarid qilinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqining oʻtishi qismida;
- sovrin jamgʻarmasini hisobdan chiqarish boʻyicha buxgalteriya va soliq hisobi uslubiyati (birinchi banddagi javobdan kelib chiqib);
- JShDS boʻyicha chegirmani qoʻllash shartlarini bajarish.
![]()