OTMda oʻqish uchun toʻlov toʻlanganda JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllanadi

preview

Soliq toʻlovchilar JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida «26 yoshga toʻlmagan» cheklovini OTMda ta’lim oluvchilarning qaysi biriga tatbiq etish masalasini anglashlari qiyin boʻlmoqda, sababi SK 378-moddasi 16-bandida oʻzbek va rus tilidagi izohi oʻzaro farqlanadi.

DSQ mutaхassislari ushbu masalaga oydinlik kiritdilar:

 

Ularning tushuntirishidan kelib chiqilsa, oʻzbek tilida ham, rus tilida ham soliq imtiyozi soliq toʻlovchining oʻziga – u necha yoshda – 26 yoki undan oshgan boʻlishidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

Ya’ni sanab oʻtilgan turdagi ta’lim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlovni – istalgan yoshda, agar uni mustaqil ravishda toʻlasangiz, JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashingiz mumkin.

Eringiz (хotiningiz) yoki farzandlaringiz ta’lim olishi uchun toʻlov toʻlasangiz, ular 26 yoshga toʻlmagan holdagina imtiyoz taqdim etiladi.

Manbaga qarang.

 

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text185188_otmda_uqish_uchun_tulov_tulanganda_jshds_buyicha_imtiez_qanday_qullanadi