Asbob-uskunalarga servis xizmati koʻrsatishda materiallar boʻyicha xarajatlar chegiriladimi

preview

«Mijoz xorijda sotib olgan yangi asbob-uskunalardan foydalanganda moy oqib ketdi. Mijozda servis ishlarida bepul foydalaniladigan materiallar boʻyicha xarajatlar qanday aks ettiriladi? Ushbu xarajatlarga chegirib tashlanmaydigan xarajatlar sifatida qaraladimi?»

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi, «IN PLUS» buxgalterlarning malakasini oshirish markazi muassisi Zamira JOʻRAYeVA vaziyatga oydinlik kiritdi:

 

– Ushbu savolga javob servis tashkilotida qanday asosga koʻra undan sotib olinmagan asbob-uskunalardagi brakni tuzatish majburiyati yuzaga kelishiga bogʻliq.

Servis tashkiloti – hamkor bilan xorijiy kompaniya oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga koʻra u mijozlar ushbu xorijiy kompaniyadan sotib oladigan asbob-uskunalarni ishchi holatda saqlash xizmatlarini koʻrsatsa, bu qadamma-qadam quyidagicha aks ettirilishi kerak:

1) asbob-uskunalardagi nuqsonni bartaraf etish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish uchun xorijiy korxonadan buyurtmanoma kelib tushadi;

2) servis tashkiloti nuqsonning sababini aniqlab, sarflash materiallari qiymati va oʻz xizmatlari qiymatini belgilaydi;

3) u nuqsonni bartaraf etish uchun oʻz materiallaridan foydalanadi va asbob-uskunalar xaridori bilan nuqsonni bartaraf etish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolaydi. Shunga asoslangan holda xorijiy korxona – asbob-uskunalarni yetkazib beruvchiga koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash uchun schyot/dalolatnoma taqdim etadi.

Bu holda foydalanilgan materiallar:

  • koʻrsatilgan xizmatlar tannarxiga hisobdan chiqariladi ;
  • ular tadbirkorlik faoliyati doirasida amalga oshirilgani bois foyda soligʻini hisoblash chogʻida chegiriladi .

Tomonlardan birontasi servis tashkilotiga sarflangan xarajatlar, shu jumladan sarflash materiallari qiymatini qoplab bermasa, ular chegirib tashlanmaydigan xarajatlar deb e’tirof etiladi  .

 

Mavzuga oid qoʻshimcha ma’lumotlarni tavsiyalarimizdan topasiz:

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text185251_asbob-uskunalarga_servis_hizmati_kursatishda_materiallar_buyicha_harajatlar_chegiriladimi