Bitim qiymatini kamaytiruvchi qoʻshimcha EHF qanday taqdim etiladi (yoʻriqnoma)

preview

Xaridor tovarni qaytarsa, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechsa, yoxud joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar) narxi, soni yoki hajmi kamaysa, yetkazib beruvchi soliq bazasiga tuzatish kiritish uchun qiymatni kamaytirishga qaratilgan qoʻshimcha EHFni taqdim etishi kerak . DSQ buni qanday amalga oshirish kerakligi haqida tushuntirish berdi:

 

E’tibor bering
Yoʻriqnoma «Soliq servis» elektron hujjat aylanishi operatori misolida tuzildi. Boshqa operatorning xizmatlaridan foydalansangiz, EHFni rasmiylashtirishda «texnik» muammolar yuzaga kelishi mumkin. Biron muammo yuzaga kelsa, operatoringizning texnik koʻmak xizmatiga murojaat qiling.

Qadamma-qadam yoʻriqnoma:

1. Soliq bazasiga tuzatish kiritishga asos boʻladigan hisobvaraq-faktura oching va ID-koddan nusxa koʻchiring.

2. Yangi hisobvaraq-faktura ochib, ustunda «Qoʻshimcha» EHF turini tanlang.

3. «Eski hisobvaraq-faktura» maydoniga nusxa koʻchirib olgan ID-kodni kiriting, hujjat raqami va sanasini koʻrsating.

4. «Yangi hisobvaraq-faktura» maydonida yaratilayotgan hujjat raqami va sanasini koʻrsating.

5. Buyurtmachining STIR yoki JShShIRni koʻrsating.

6. Tovar haqida axborot qayd etilgan darchada qaytariladigan tovarning MXIKni tanlang. Yoki tegishincha, xizmatning MXIKni.

7. Tegishli ustunda oʻlchov birligini tanlang.

8. Tovar sonini «+» («plyus») belgisi bilan koʻrsating.

9. Tovar qiymatini «–» («minus») belgisi bilan koʻrsating. E’tibor bering: manfiy qiymatli qoʻshimcha EHF summasi ilgari taqdim etilgan EHF summasidan oshmasligi kerak.

10. EHFni oluvchiga tasdiqlash uchun joʻnating.

 

Yuqorida tilga olingan tovarlarni qaytarishdan tashqari, bunday tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq toʻlovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) shartnomasining muayyan shartlari xaridor tomonidan bajarilishini, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq toʻlashni nazarda tutishi mumkin .

Qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani quyidagilar boʻyicha rasmiylashtirish mumkin :

  • tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha, ular taqdim etilgan sanadan boshlab bir yillik muddat doirasida,
  • kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha – kafolat muddati doirasida.

Bu holda xaridor ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan QQS summasiga tuzatish kiritishi kerak .

 

Manbaga qarang.

 

Qoʻshimcha foydali ma’lumotlarni quyidagi tavsiyalardan topasiz:

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text185278_bitim_qiymatini_kamaytiruvchi_qushimcha_ehf_qanday_taqdim_etiladi_yuriqnoma