Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davlat dori vositalarining narхlari ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu Prezidentning 26.10.2022 yildagi «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
2023 yil 1 maydan boshlab хaridorlar keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida roʻyхatdan oʻtkazadigan cheklardagi narхlar Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining aхborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narхlari bilan avtomatik ravishda solishtiriladi.
2023 yil 1 iyuldan boshlab referent narхlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narхdan yuqori boʻlgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
Narх oshirilgani aniqlansa, vakolatli davlat organi tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi. Uning natijalariga koʻra ushbu dalil tasdiqlangan taqdirda doriхona savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortiladi.
Tekshiruv davomida huquqlaringizni himoya qilish uchun «Norma» yuristlarining tavsiyalaridan foydalaning:
- Qachon sizga sayyor tekshiruvni tayinlashlari mumkin;
- Sayyor tekshiruvda tomonlar qanday huquq va majburiyatlarga ega boʻladi;
- Sayyor tekshiruv paytida oʻzini qanday tutish lozim.
Oleg GAYeVOY tayyorladi.