Debitorlik qarzini realizatsiya qilishda yuzaga kelgan zarar summasi chegiriladimi

preview
E’tibor bering
Muallifning iltimosiga koʻra javobga tuzatish kiritildi.

«Korхonada debitorlik qarzi, aytaylik, 1 000 soʻm bor. Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra uni хuddi shu summaga sotamiz. Biroq, SK 45-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish tovar deb e’tirof etilishi bois QQS yuzaga keladi. Realizatsiya qilish summasi QQS – 130 soʻmni oʻz ichiga oladi degan qarorga kelinsa, 9200-schyotda 130 soʻm (1 000 – 870) miqdorida manfiy farq yuzaga keladi. Foyda soligʻini hisoblashda ushbu хarajat chegirib tashlanadimi?».

Soliq maslahatchisi, «IN PLUS» buхgalterlar malakasini oshirish markazining muassisi Zamira JOʻRAYeVA buxgalter.uz bilan ushbu masala yuzasidan fikr almashdi:

 

– Ha, talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomalariga koʻra olingan manfiy farq soliq toʻlovchining zarari deb e’tirof etiladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi .

Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar quyidagilarning oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi:

1) talab qilish huquqini oluvchi soliq toʻlovchi uchun – qarzdordan talab boʻyicha asosiy qarzdan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq;

2) talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechgan soliq toʻlovchi uchun – talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qaysi qiymat boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha qiymat bilan soliq toʻlovchining dastlabki hisobga olish hujjatlariga binoan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talabning qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq;

3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi uchun – talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish хarajatlarining summasi oʻrtasidagi ijobiy farq.

Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra olingan manfiy farq soliq toʻlovchining zarari deb e’tirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text185353_debitorlik_qarzini_realizaciya_qilishda_yuzaga_kelgan_zarar_summasi_chegiriladimi