Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 noyabr
• 2022 yil noyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 432-m. 1-q.).
• 2022 yil noyabr oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 460-m. 5-q.)
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi