Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
15 noyabr
• 2022 yil oktyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotini taqdim etish va toʻlov toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 2-b. SK 390-m. SK 407-m. 4 va 5-q.).
• 2022 yil noyabr oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1 va 2-q.).
• 2022 yil oktyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 470-m. 3–4-q.).
Buxgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi