Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 noyabr
• 2022 yil noyabr oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 2-q. SK 340-m. 7-8-q.). *.
* Soliq kodeksining 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340-m. 7-q.)
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 5 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi (SK 340-m. 8-q.)
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi